Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



"XORAZM VOHASI TARIXI - JAHON SIVILIZATSIYASIDA"
05.06.2017

"XORAZM VOHASI TARIXI - JAHON SIVILIZATSIYASIDA"

Xorazm o‘zining bebaho madaniyati, nafis san’ati, yuksak ma’rifati va madaniyati, dunyoviy ilm o‘choqlaridan biri ekanligi bilan jahonga yuz tutgan muqaddas, tabarruk maskandir.

Insoniyat tarixida dastlabki ilm dargohlaridan biri — Xorazm Ma’mun akademiyasi qadim Xorazmda faoliyat ko‘rsatgan. Muham­mad Muso Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Najmiddin Kubro, Mahmud az Zamaxshariy, Pahlavon Mahmud, Munis, Ogahiy kabi ulug‘ allomalar jahon ilm-fani, madaniyati yuksalishiga ulkan hissa qo‘shganlar. Mustaqillik sharofati bilan bu kabi buyuk ajdodlarimizning muborak nomlari ehtirom bilan tilga olinib, ularning boy merosi yanada qadr-qimmat topdi. Milliy o‘zligimizni anglashga bo‘lgan e’tibor tufayli o‘zbek xalqining haqqoniy tarixini yaratish eng ustuvor vazifalardan biriga aylandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 27-28-yanvar kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida vohamiz o‘zining boy tarixi, ilm - fan, madaniyat va ma’rifat maskani ekanli­gi bilan dunyo xalqlari e’tiborini to hanuzgacha jalb qilib kelayotganligini alohida ta’kidlagan edilar. Prezidentimiz Xorazm Ma’mun akademiyasiga ham tashrif buyurib, bu dargohda ilmiy yo‘nalishlar ko‘lamini kengaytirish, tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ilm-fan yangiliklarini amaliyotga keng joriy qilish haqida aniq yo‘llanma va ko‘rsatmalar berdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar aka­demiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xorazm Ma’mun akademiyasi, Urganch Davlat universiteti hamkorligida "Xorazm vohasi tarixi — jahon tsivilizatsiyasida" mavzuida Xorazm Ma’mun akademiyasida anjuman o‘tkazildi.

Tadbirda Respublikamizdagi ilm dargohlarining olimlari, shuningdek, yosh tadqiqotchilar, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Anjuman ishida so‘zga chiqqan viloyat hokimining o‘rinbosari Sh.Xo‘janiyozova Xorazm azaldan ilm-fan, madaniyat va ma’rifati yuksalgan ulug‘ yurt ekanligi, bu zamindan etishib chiqqan buyuk ajdodlarimizning olamshumul ishlari, kashfiyotlari, mustaqillik yillarida ularning boy merosi chuqur va izchil o‘rganilayotganligi, bu esa xalqimizni yanada bunyodkorlik va yangi yutuqlarga undayotganligini alohida ta’kidladi. Shuningdek vohada istiqlol yillarida amalga oshirilgan va shijoatkorlik bilan davom etayotgan qurilishlarga alohida to‘xtaldi.

Anjuman doirasida "Xorazm Ma’mun akademiyasining jahon ilmiy-madaniy merosida tutgan o‘rni" mavzuida akademik Yaxyo G‘ulomov nomidagi "O‘zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi" Respublika ilmiy seminarining 74-yig‘ilishi mashg‘ulotlari ham bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining tarix instituti profes­sori, tarix fanlari doktori D.Alimova, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining vitse-prezidenta B.Abduhalimov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi sharqshunoslik institutining taniqli olimlari — A.Ahmedov, O.Bo‘riev, Samarqand Davlat universiteta tarix fakulteti dekani, dotsent N.Xolmatov, O‘zbekiston Res­publikasi Fanlar akademiyasi tarix instituta direktori R.Abdullayev, Urganch Davlat universiteti rektori B.Abdullayev, Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi Sh.Qodirov va boshqalarning Xorazm Ma’mun akademiyasining rivojlanish istiqbollari, bu dargohda faoliyat olib borayotgan olimlarning tajribalari, ijtimoiy- gumanitar fanlar rivoji va uning keyingi asrlar ilm-fani taraqqiyotiga ta’siri, ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish va ularni ishlab chiqarishga, hayotga tatbiq etish haqidagi ilmiy ma’ruzalari tinglandi.

Anjuman davomida mavzularga oid ma’lumotlar, ko‘rgazmalar, suratlar, hujjatli filmlardan samarali foydalanildi. Xiva tumani hokimi E.Yaqubov Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarga maishiy sharoitlarni yaratib berish borasida belgilangan tadbirlarga to‘xtaldi.

Seminaro‘z ishini Urganch Davlat uni­versiteti madaniyat saroyida davom ettirdi.

Bu erda "Xorazm vohasi O‘zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy tarixi kontekstida: yangi ilmiy natijalar” mavzusida "Xorazm tarixi o‘qishlari" turkumidan birinchi Respublika ilmiy konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi. Etakchi olimlar boshchiligida sho‘’balarga bo‘lingan holda tarix, manbashunoslik, arxeologiya, san’atshunoslik sohalari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ularda Xorazm ilm-fani, madaniyati, san’ataning jahon tsivilizatsiyasida tutgan o‘rni, Xorazm va Buyuk ipak yo‘li, Abu Rayhon Beruniyning iqtisodiy qarashlari, Sergey Tolstovning Xorazm vohasi arxeologiyasini o‘rganishdagi o‘rni, Yaxyo G‘ulomov va uning "Xorazm sug‘orilishi tarixi" asarining hozirgi kundagi ahamiyati, xorazmshohlar tarixiga oid yangi manbalar, tarixiy me’moriy yodgorliklarni tiklashda qo‘llanilgan zamonaviy uslublar, mustaqillik yillarida Xorazm viloyatida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, O‘zbekistonning, shu jumladan Xorazmning yangi tarixini yaratish va o‘rgatishda olimlar oldida turgan muhim vazifalar haqida taniqli olimlar­ning ma’ruzalari tinglandi. Tarix, arxeo­logiya, etnologiya, san’atshunoslik fanlarining nazariy-uslubiy masalalari bo‘yicha "Mahorat darslari" tashkil qilindi. Xorazm Ma’mun akademiyasi noshirlik bo‘limi tomonidan chop etilgan T.Abdullaevning "XII-XV asrlarda Xorazm hunarmandchiligi” kitobining taqdimoti bo‘ldi.

Anjuman ishtirokchilari Ichonqal’a tarixiy obidalarini, Xorazm Ma’mun aka­demiyasi muzeyini, Urganch shahrining diqqatta sazovor joylarini tomosha qilishdi.

Uch kun davom etgan bu ilmiy anjuman voha tarixini yanada chuqur o‘rganishda, Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyatini kengaytirish va takomillashtirishda, kelajakda xalq xo‘jaligining barcha sohalaridagi yutuqlarni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi, shak-shubhasizdir.

A.SAFOEV.

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2017-yil, 31-may, №43.