Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



XORAZMDA NAVRO‘Z TANTANALARI
23.03.2015

Navro‘z  viloyatimizning barcha shahar, qishloqlarida, eng chekka xududlarigacha uyg‘onish, yasharish va  yangilanish bayrami sifatida keng nishonlandi.

Viloyat jamoatchiligi ishtirokida Urganch shahridagi Avesto” bog‘-majmuasi Navro‘z bayrami tantanalari bo‘lib o‘tdi.
Viloyat hokimi P.R.Bobojonov yurtdoshlarimizni bayram munosabati bilan samimiy qutladi. O‘z so‘zida istiqlol yillarida, ayniqsa keyingi  vaqtda butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi viloyatimizda amalga oshirilayotgan ko‘lamdor tadbirlar to‘g‘risida batafsil to‘xtaldi. 


Viloyatda sanoat, turizim, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda erishilayotgan yutuqlar tahlil etildi. 
Qisqa muddatda Urganch shahrida amalga oshirilgan ishlar kishi diqqatini tortishi alohida ta’kidlandi. 
Sanoat dasturiga kirgan eng asosiy loyiha Hazorasp tumanida “GM O‘zbekiston” qo‘shma korxonasining Xorazm viloyat filiali ish boshlagani va bu yerda “Damas”, “Shevrolet Orlando” rusumli yengil avtomashinalar ishlab chiqarilayotganligi, Shovot, Yangibozor tumanlarida yirik to‘qimachilik korxonalari, Urganchdagi “Ekskavator zavodi” korxonasi bazasida xitoylik hamkorlar bilan zamonaviy ekskavatorlar ishlab chiqarishi yo‘lga qo‘yilganligi alohida ta’kidlandi. 
Bayram munosabati bilan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.
Navro‘z bayrami shodiyonalari viloyatimizning barcha shahar, tumanlarida davom etmoqda.


Viloyat hokimligining Axborot xizmati