Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



XORAZMLIK AVTOMOBILSOZLAR YUTUG‘I
15.11.2017

Axborot

XORAZMLIK AVTOMOBILSOZLAR YUTUG‘I

"GM Uzbekistan” aktsiyadorlik jamiyatining Xorazm filialida faoliyat ko‘rsatayotgan 1700 nafar muhandis-texnik xodimlarning 80 foizdan ko‘prog‘ini mahalliy yoshlar tashkil qiladi.Ingliz,rus va koreys tillarida erkin muloqot qila oladigan,zamonaviy avtomobilsozlik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallagan yosh mutaxassislarning izlanishlari natijasida korxona xalqaro miqiyosda munosib yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda.

2016-yilda "GM Uzbekistan” aktsiyadorlik jamiyatining Xorazm filiali "General Motors” korporatsiyasining Osiyodagi 50 ta avtomobil zavodlari orasida "xodimlarni jalb qilish” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan edi.2017-yilning 9 oylik yakunlariga ko‘ra "Khorezm Auto” barcha yo‘nalishlar bo‘yicha "General Motors” korporatsiyasining "Eng yaxshi zavod” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

-Zavodimiz o‘z faoliyatini boshlaganidan buyon "Khorezm Auto” konveyerlaridan chiqqan 95397 ta avtomobil, jumladan 85790 ta "Damas”, 5938 ta "Labo” hamda 3669 ta "Orlando” avtomobillari buyurtmachilarga etkazib berildi,-deydi "GM Uzbekistan” aktsiyadorlik jamiyatining Xorazm viloyati filiali boshqaruvchi direktori Sobirjon Jumaniyozov. -Joriy yilning 10 oyi davomida o‘tgan yilning shu davrida nisbatan 9046 ta avtomobil ko‘p ishlab chiqarilib,o‘sish sur’ati 439,3 milliard so‘m yoki 228,6 foizni tashkil qildi. 2017-yilning may oyidan boshlab "Labo” avtomobilining yuk tashish platformasi uzaytirilgan turini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. Zavod ishchi-xizmatchilariga munosib ish sharoitlarini yaratish, moddiy rag‘batlantirish borasidagi sa’y-harakatlarimiz yuqori sifat ko‘rsatkichlariga erishishda muhim omil bo‘lmoqda. "O‘zavtosanoat” aktsiyadorlik jamiyati korxonalari o‘rtasida xodimlarga xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarish estetikasi va madaniyatini yaxshilash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda filialimiz "Eng yaxshi korxona” nominatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallani ham ana shu izlanishlar samarasidir.

Yaqinda filialda "General Motors International Operations” tashkilotining avtomobil ishlab chiqarish zavodlari sifat darajalarini belgilab beruvchi BIQ-III (build in quality) auditi bo‘lib o‘tdi. "General Motors” korporatsiyasining Janubiy Koreya, Xitoy, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Hindistondagi avtomobil ishlab chiqaruvchi zavodlarining yuqori malakali kalibratorlari xulosasiga ko‘ra mamlakatimizdagi avtomobil ishlab chiqarish zavodlari ichida birinchi bo‘lib, «GM Uzbekistan” aktsiyadorlik jamiyatiningXorazm viloyati filiali BIQ-III (build in quality) sifat darajalarini belgilab beruvchi sertifikatni qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlash joiz mazkur sertifikat zavodning sifat ko‘rsatkichlari GM ning 44 ta talabidan 42 tasi bo‘yicha kamida 80 foiz natijaga erishilganda beriladi. "Khorezm Auto” zavodi ushbu talablar bo‘yicha 89,9 foiz natijani qo‘lga kiritdi.Bu esa xorazmlik avtomobilsozlar mahoratining xalqaro miqyosdagi yana bir munosib e’tirofidir.

Odilbek Odamboyev,

"Xalq so‘zi” muxbiri