Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



XORAZMLIK PARALIMPIYACHILARGA HURMAT VA EHTIROM KO‘RSATILDI
03.10.2016

XORAZMLIK PARALIMPIYACHILARGA HURMAT VA EHTIROM KO‘RSATILDI

Yaqinda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik paralimpiyachilar ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. To‘rt yillikning ushbu nufuzli sport anjumanida qatnashgan 32 nafar paralimpiyachidan iborat O‘zbekiston terma jamoasi jami 31 ta - 8 ta oltin, 6 ta kumush va 17 ta bronza medalini ko‘lga kiritib, o‘ziga xos mo'jiza yaratishdi. Bu bilan o‘zbek sporti salohiyatini olamga yoyishib, mardlik va jasoratda, shijoatu matonatda, iqtidoru iste’dodda buyuk bo‘lgan ajdodlarning munosib avlodlari ekanligini isbotlashdi.

 

 


Mazkur Paralimpiya o‘yinlarida besh nafar xorazmlik sportchi ishtirok qilib, beshta - bitta kumush va to‘rtta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi. Jumladan, dzyudochi Hayitjon Alimova vazni 70 kilogrammdan ortiq bo‘lgan ayollar o‘rtasida kumush medalni qo‘lga kiritdi. U chorak finalda tailandlik Methavadi Nantxarakni, yarim finalda belaruslik Arina Kachanni elkasini erga tekkizib, bir xil - ippon bahosi bilan engib, finalga yo‘l oldi. Hal qiluvchi bellashuvda esa xitoylik Yuan Yanpingning qo‘li balan keldi. Natijada, Hayitjon kumush medal bilan kifoyalandi. Shuningdek, dzyudochilarimizdan Sevinch Salaeva 52 kilogrammgacha vazn toifasida, Tursunposhsha Nurmatova 63 kilogrammgacha vazn toifasida, Gulruh Rahimova esa 70 kilogrammgacha vazn toifasida bel olishib, bronza medaliga sazovor bo‘lishdi. Pauerlifting, ya’ni og‘ir atletika musobaqasining vazni 80 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida Ahror Bozorov ham O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga navbatdagi bronza medalini taqdim etdi. Kezi kelganda ta’kidlab o‘tish joizki, Sevinch Salaeva xorazmlik sportchilari orasida Paralimpiya o‘yinlarining dastlabki medali sohibasi, Hayitjon Alimova esa birinchi kumush medali egasi sifatida viloyat sporti tarixidan joy oldi.

O‘z navbatida paralimpiyachilarimiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tgan XV yozgi Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlarini pul mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan, har biri pul mukofoti va "Malibu” rusumli engil avtomobili bilan taqdirlandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 sentyabrdagi "Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XV yozgi Paralimpiya o‘yinlarida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Hayitjon Alimova "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” unvoniga, pauerlifting bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ahror Bozorov, dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Gulruh Rahimova, Tursunposhsha Nurmetova, Sevinch Salaevalar "Jasorat” medaliga loyiq ko‘rildi. Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylari Qahramon Nurullaev "Do‘stlik” ordeni, Alfiya Ibragimova esa "Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.

30 sentyabr kuni viloyat hokimligida ham "Rio-2016” Paralimpiya o‘yinlarida o‘zlarining fidoyiligi bilan el-yurt sha’nini ulug‘lab, Xorazm zaminiga qaytgan mohir sportchilarimizni qutlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimligi, viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, O‘zbekiston Paralimpiya assotsiatsiyasi viloyat bo‘limi, viloyat dzyudo va pauerlifting federatsiyalari hamda jamoatchilik vakillari, Urganch Olimpiya zaxiralari kolleji tarbiyalanuvchilari, sportchilarning ota-onalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari bor edi.

Tantanali marosimda so‘zga chiqqan viloyat hokimi P. Bobojonov mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnomaligida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish borasida keng qamrovli ishlar olib borilgani, o‘zbekistonlik sportchilarning jahon sport maydonlarida qo‘lga kiritayotgan olamshumul ko‘rsatkichlari ana shu islohotlar samarasi ekanligiga to‘xtalib, hamyurtlarimizning Paralimpiya o‘yinlarida erishgan yutuqlarini faxr va iftixor bilan tilga oldi. Xususan, viloyat hokimi ushbu muvaffaqiyatlarda xorazmlik paralimpiyachilarning ham munosib ulushi borligini quvonch bilan e’tirof etib, ularni voyaga etkazgan ota-onalariga, vatanga sadoqat ruhida tarbiyalagan ustozu murabbiylariga cheksiz minnatdorchiligini bildirdi.

Shundan so‘ng, so‘zga chiqqan Paralimpiya o‘yinlarining kumush medali sovrindori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi Hayitjon Alimova, "Shuhrat” medali sohibasi, murabbiy Alfiya Ibragimova hukumatimiz tomonidan yoshlarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rliklar uchun minnatdorlik bildirdi. Kelgusi nufuzli musobaqalarda bundan-da yuqori natijalarga erishib, yurtimiz dovrug‘ini yanada ko‘klarga ko‘tarishga va’da berdi.

Ikrom XUDOYBERGANOV