Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



XORAZMLIK YoSh OG‘IR ATLETIKAChILAR VILOYaT HOKIMI HUZURIDA
12.08.2016

 

Mubolag‘a emas, joriy yil Xorazm viloyati sporti uchun omadli kelyapti. Bu vohalik sportchilar erishayotgan yutuqlarda o‘z aksini topmoqda. Buni ko‘plab sport turlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqalar jarayonida ko‘rish mumkin.

Ayniqsa, xorazmlik uch nafar sportchi Braziliya davlatining Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkaziladigan yozgi Olimpiada o‘yinlariga, yana besh nafari Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritishgani maqtovga arzigulik. Bu voha sportining yanada rivojlanayotganidan, ko‘klarga bo‘y cho‘zayotganidan dalolat beradi, albatta.

Chunonchi, joriy yilning 23 iyunidan 2 iyuliga qadar Gruziya poytaxti Tbilisida bo‘lib o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi navbatdagi jahon chempionatida qatnashgan xivalik ikki nafar og‘ir atletikachi – 2014 yili Xitoy davlatining Nankin shahrida uyushtirilgan o‘smirlar o‘rtasidagi II yozgi Olimpiada o‘yinlarining kumush medali sovrindori Farhod Sobirov, shuningdek, 2015 yilgi Osiyo Kubogining kumush medali sohibi Shahzod Xudoyberganov o‘zlarining iqtidori va mahorati bilan nafaqat Xorazm viloyati, umuman, mustaqil O‘zbekistonimiz nomini olamga yoyishdi.

Xususan, dunyoning 20 yoshgacha bo‘lgan eng sara sportchilari o‘rtasida tashkil etilgan mazkur jahon chempionatining 94 kilogramm vaznli polvonlari orasida bahs yuritgan Farhodbek Sobirov o‘ziga bildirilgan ishonchni to‘la oqladi. Hamyurtimiz dast ko‘tarish mashqini bajarishda 170 kilogramm, siltab ko‘tarish mashqida esa 203 kilogramm og‘irlikdagi toshni o‘ziga bo‘ysundirib, ikki marta kumush medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, ikkikurash yakuniga ko‘ra, 373 kilogramm toshni ko‘tarib, o‘z tenqurlari ichida tengsiz deb topildi va jahon chempioni nomiga loyiq ko‘rildi.

Shuningdek, 77 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan Shahzod Xudoyberganovga ham omad kulib boqdi. Hamyurtimiz siltab ko‘tarishda 184 kilogramm natija bilan shohsupaning ikkinchi pog‘onasini egallab, kumush medalni bo‘yniga ildi.

Kuni kecha Xorazm viloyati hokimi P. Bobojonov yuqorida nomlari zikr etilgan og‘ir atletikachilarni qabul qildi. Mazkur tadbirda viloyat hokimligi, viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, viloyat og‘ir atletika federatsiyasi mutassaddilari, sportchilarning onalari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Viloyat hokimi P. Bobojonov Prezidentimiz rahnomaligida mamlakatimizda sport sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, ularning samarasi haqida so‘z yuritib, o‘zining fidoyiligi bilan el-yurt sha’nini ulug‘lagan Farhodbek Sobirov va Shahzod Xudoyberganov hamda ularning ustozlari Pirnazar Madrimov va Xushnud Salaevlarni erishgan muvaffaqiyati bilan qizg‘in qutladi, barchasini qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi.

O‘z navbatida sportchilar va murabbiylar hukumatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar uchun samimiy minnatdorchiligini izhor qilishdi. Kelgusi musobaqalarda yanada yuqori ko‘rsatkichlarga erishib, yurtimiz dovrug‘ini sarbaland etish yo‘lida bor kuch va g‘ayratini ayamasliklarini ta’kidlashdi.

Farhodbek SOBIROV (yoshlar o‘rtasida jahon chempioni): - Tbilisiga ketayotganimda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25-yilligiga sovg‘a bilan qaytishni niyat qilgandim. Orzuim ushalib, bitta oltin va ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdim. Albatta, bundan juda xursandman. Fursatdan foydalanib, bizdek yoshlarga jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishimiz, buning barobarida ulkan g‘alabalarga erishishimiz uchun imkoniyatlar eshigini ochib berayotgan hurmatli Prezidentimizga rahmat aytaman. Nasib qilsa, kelgusida kattalar o‘rtasidagi yozgi Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritib, yurtimiz nomini ulug‘lashga intilaman.

Shokir MADAMINOV (viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig‘i): - Shubhasiz, yoshlarimizning muvaffaqiyatlari zamirida o‘sib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimizning jismonan sog‘lom va ma’nan barkamol insonlar bo‘lib kamol topishlari uchun hukumatimiz tomonidan yaratib berilayotgan shart-sharoitlar mujassamdir. Farzandlarimiz ushbu g‘amxo‘rliklarni qalbdan his qilib, unga javoban bor mahorat va tajribalarini ishga solishmoqda. Ko‘rib turganimizdek, samarasi ham shunga yarasha bo‘layotir.

Zulfiya XUDOYBERGANOVA (Sh. Xudoyberganovning onasi): - Shahzodni yaxshi niyatlar bilan musobaqaga kuzatib qo‘ygandik. Uning yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytishini doimo duo qilib turdik. Ezgu tilagimiz ushaldi. O‘g‘limning yutug‘i istiqlolimiz bergan inoyatdir. Bundan faxrlanmay bo‘ladimi, axir.

Ikrom XUDOYBERGANOV.

Xorazm viloyati hokimligi Madaniyat

va sport ishlari boshqarmasi

Viloyat xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy

ishlari ilmiy-metodik markazi muharriri.