Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



YANGI BOLALAR VA O‘SMIRLAR SPORT MAKTABI ISh BOShLADI
03.09.2014

Shu kunlarda butun respublikamiz kabi viloyatimizning turli burchaklarida ham yangi – yangi ijtimoiy – iqtisodiy ob’ektlar qurilib foydalanishga topshirilmoqda. Natijada  minglab ishchi o‘rinlari yaratilib, yangi mahsulotlarning ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu inshootlar xalqimizning moddiy va ma’naviy faravonligini ta’minlash, uning ma’rifiy ehtiyojlarini qondirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, farzandlarimizni komil insonlar qilib tarbiyalash ishiga xizmat qiladi. 
Birgina Yangiariq tumanida bayram kunlarida  o‘n beshta ob’ektning ishga tushirilayotgani respublikamizdagi bunyodkorlik va yaratuvchanlik ko‘lamining naqadar katta ekanligidan darak beradi. 
Ijtimoiy yo‘nalishdagi ob’ektlar – tuman markazidagi  suv taqsimlash inshooti, Qo‘riqtomdagi kichik nasos stantsiyasi, 13,25,26 va 28 – sonli maktablar, sanoat salohiyatini oshirish dasturiga kirgan 100 ming boshga mo‘ljallangan parrandachilik kompleksi, profnastil va plastik eshik va oyna –romlar ishlab chiqarish quvvatlari, Maishiy xizmat kompleksi, savdo shaxobchalari, avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stantsiyalari shular jumlasidandir. 
Yaqinda Yangiariq tumanida Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining bir yarim milliard so‘m mablag‘i hisobiga yangidan bunyod etilgan  1 – son Bolalar va o‘smirlar sport maktabi foydalanishga topshirildi. Tadbir katta bayramga aylanib ketdi. Unda tuman jamoatchiligi vakillari, yosh sportchilar, murabbiy va o‘qituvchilar qatnashdilar.
Aytish kerak-ki, mamlakatimizda bolalar sportini taraqqiy ettirish uchun mustahkam baza yaratilgan. Shu yo‘nalishdagi ishlarni muvofiqlashtirib va moliyalashtirib turadigan maxsus fond – Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilgan va u 10 yildan ortiq vaqtdan beri muvaffaqiyat bilan faoliyat olib bormoqda. 
Shu yo‘nalishdagi sa’y – harakatlarning natijasi o‘laroq bugun o‘zbekistonlik yoshlar jahon arenalarida eng yuqori natijalarni qayd etmoqdalar. Ularning sharafiga tez-tez davlatimiz madhiyasi yangramoqda. Bu muvaffaqiyatlarga xorazmlik yosh sportchilar ham o‘zlarining munosib ulushlarini qo‘shayotganlari ayniqsa, quvonarlidir. 
Xitoyning Nankin shahrida  o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan II Olimpiya o‘yinlarida xorazmlik og‘ir atletikachi Farhod Sobirov 85 kilogramm vazn toifasida qatnashib, ikki kurashda 321 kilogramm natija ko‘rsatdi va kumush medal sovrindori bo‘ldi. Bu shubhasiz , viloyat sport tarixidagi juda katta voqeadir.  
Yangiariq tumanidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabining ochilish marosida viloyat hokimi P.R.Bobojonov qatnashdi va nutq so‘zladi.
Viloyat hokimligining Axborot xizmati