Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



YANGI, ISTIQBOLLI LOYIHALAR
05.02.2014

YANGI, ISTIQBOLLI LOYIHALAR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning "2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati  salohiyatini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida"gi  Qarori viloyatimizda izchil bajarilmoqda.


Joriy yilda kichik biznes, tadbirkorlik yanada rivojlanadi. Mazkur Dasturga muvofiq Shovot tumanida “SV SHOVOT” mas’uliyati cheklangan jamiyatida, “Sa’dulla bobo” fermer xo‘jaligida, Hazorasp tumanidagi “Maftun Unitar servis” MChJda tomat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Xiva tumanidagi “Ismoilov Hurmat”, “Quronboy kachal” fermer xo‘jaliklarida, “Hazorasp Diyori” MChJda, Yangibozor tumanidagi “Yog‘du” xususiy firmasida meva, sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash tsexlari ish boshlaydi.
Urganch shahridagi  “Darital Tekstil’”, “Satin industrial”, “Billur integral servis” kabi qator mas’uliyati cheklangan jamiyatlarida tsexlar modernizatsiya qilinib, yangi zamonaviy dastgohlar o‘rnatiladi, ishlab chiqarish hajmi oshib, turlari  ko‘payadi. Ayniqsa kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilari uchun yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Ushbu yilda viloyatimizda mashinasozlik, sanoat, to‘qimachilik, qurilish va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik yanada rivojlanadi.
Viloyat shahar va tumanlari markazlarida yangidan qurilib ishga tushirilayotgan savdo majmualarida aholiga shu kun  talablari asosida xizmat ko‘rsatish ishlari davom etadi.
“Xorazm xaqiqati” 2014 yil 1 fevral № 10 (19044)