Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



YANGI YILGA YAXSHI NIYATLAR
20.12.2013

Bog‘otliklar Shohsanam opani yaxshi tanishadi va bilishadi. U tumanda uzoq yillar davomida yoshlar etakchisi, shirkat xo‘jaligida rais muovini, "Madaniyat" qishlog‘ida fuqarolar yig‘ini raisasi, fermer xo‘jaligi rahbari bo‘lib ishlagan. Opa oliy ma’lumotli agranom. Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini bitkazgan.
2012 yil naingki Bog‘ot tumanida, viloyatda birinchilardan bo‘lib, quyonchilik yo‘nalishi bo‘yicha fermer xo‘jaligi ochdi. Bunga o‘g‘li Xusainov Shuhratni rahbar qilib tayinladi.
-    Quyonchilik fermer xo‘jaligi ochishdan maqsad nima? - so‘raymiz Shohsanam opadan.
- Quyonchilik aholi uchun go‘sht va qimmatli mo‘yna beradigan soha. Quyon go‘shti yumshoq va mazali, tez hazm bo‘ladi, parranda go‘shtidan qolishmaydi. Quyonlar yilning hamma fasllarida bolalaydi. Shuningdek, ular tez o‘sadi va iqlimga tez moslashadi. Bitta ona quyondan parvarishga qarab 30-32 kunda 6-12 tagacha, agar yaxshi  parvarish  qilinsa  yiliga 4-5 marotaba 24-30 tagacha bola beradi. Quyonlarni ko‘paytirish va o‘stirish ularni to‘g‘ri oziqlantirishga bog‘liq. Qish oylarida xashak, ildiz meva, suli, loviya, don yormasi, kunjara va boshqalar bilan oziqlantiramiz. Yoz oylarida esa quyonlar uchun eng yaxshi oziq yashil o‘simliklardir. Chunki, ularda har xil foydali moddalar ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun yozda quyonlar ko‘proq yashil o‘simliklar bilan boqiladi.
- Fermer xo‘jaligimizga 8 gektar er maydoni ajratib berilgan, - deydi suhbatimizga qo‘shilib, opaning o‘g‘li Bahodir. - Bu ekin maydonlariga qaram, sabzi, beda, lavlagi, sholg‘om, dukkakli don, g‘alla ekinlari ekamiz.
O‘tgan yili 200  kuyon bilan fermer xo‘jaligi ochgan edik. Bu kungacha ularni soni 2000 dan oshdi. Etishtirilayotgan quyon go‘shtini bozorlarga, oshxonalarga topshiryapmiz. Daromadlarimiz oydan-oyga ko‘paymokda. Orzuimiz kelgusida kuyon go‘shtidan maxsus taom tayyorlaydigan oshxona ochish va kuyon mo‘ynasidan tayyorlanadigan kiyim-kechak tikish tsexi tashkil etish.

Muhabbat BEKCHANOVA.
“FERMER PRESS” 2013 yil 13 dekabr, №23 (93)