Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



YANGIARIQ TUMANIDAGI YANGI FXDYO BINOSI ISHGA TUSHDI
12.07.2015

Prezidentimiz muhtaram Islom Abdug‘anievich Karimov rahnamoligida mamlakatimizda ulkan qurilish va obodonlashtirish, keng ko‘lamdagi ijtimoiy – iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Xorazmda, jumladan, Yangiariq tumanida davom etayotgan  bunyodkorlik ishlari ham shu yo‘nalishdagi tizimli tadbirlarning uzviy davomidir.
Tumanda 2014 yilda  “Ostona” va “Kattabog‘” qishloqlaridagi QVP lar,  5-son umumta’lim maktabi sportzali, 32-son umumta’lim maktabining o‘quv binosida rekonstruktsiya ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, tuman markazida sun’iy qoplamali o‘yingoh  qurilib, yoshlarimiz ixtiyoriga berildi.
“2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoat salohiyatini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”gi Dastur asosida shu kungacha  34 ta yangi sanoat korxonalari o‘z faoliyatini boshladi. 
Ular ichida “Kattabog‘” qishlog‘ida 100 ming boshga mo‘ljallangan parrandachilik majmuasi, asfalt beton zavodi,  2 ta g‘isht ishlab chiqarish korxonalarini alohida ko‘rsatish mumkin.
Umuman, 2014 yilda sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida amalga oshirilgan 110 loyiha doirasida mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Bu ishlar 2015 yilda ham davom ettirilmoqda. 
Yaqinda “Tagan” qishlog‘ida avtomobillarga siqilgan gaz quyish shahobchalari ishga tushirilganligi aholining transport vositalaridan foydalanishda o‘ziga xos yengillik yaratdi. 2 ta massivdagi 66 ta namunaviy loyihalar asosida yakka tartibda turar-joylar qurish ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda. 
Obodonlashtirish va bunyodkorchilik ishlarini yanada rivojlantirish, shaharcha, qishloqlar qiyofasini tubdan o‘zgartirish bo‘yicha tumanda maxsus loyihalar ishlab chiqilgan. Tuman markazining Bosh rejasini tayorlash  ustida ishlar boshlab yuborilgan. Unga ko‘ra  tuman markazi yanada kengayadi. Zamonaviy binolar, xizmat ko‘rsatish va servis sohasi ob’ektlari quriladi.
Yaqinda tumanda yangi FXDYO binosi ishga tushirildi.
Uni bunyod etishda “Bog‘ot ipoteka qurilish” qurilish korxonasi ishchi va xizmatchilari fidoyilik ko‘rsatdilar.  
Ta’kidlash lozimki viloyatimizda bu yo‘nalishdagi ishlar kelgusida ham davom etadi. 
2015-2016 yillarda Bog‘ot va Urganch tumanlarida xuddi shunday yangi FXDYO binolari qurilib, ishga tushiriladi. 
Ushbu loyihalar Adliya vazirligining byudjetdan tashqari jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirilayotganligini ham aytib o‘tish darkor. 

Viloyat hokimligining Axborot xizmati