Yangiariqda yangi korxona ish boshladi
24.12.2017
Prezidentimiz joriy yilning 27-28 yanvar kunlari
Xorazm viloyatiga tashrifi davomida Yangiariq tumanida quriladigan bir qator
ishlab chiqarish korxonalari loyihalari bilan tanishib, hududda yangi ish o‘rinlari
yaratish,bozor talabiga mos va eksportbob mahsulotlar ishlab chiqarishni
kengaytirish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar bergan edi.
Yangi yil bayrami arafasida ana shu loyihalardan biri –
plastik idishlar va sig‘imlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona ish
boshladi.Umumiy qiymati 7 million AQSh dollariga teng bo‘lgan mazkur
zamonaviy ishlab chiqarish korxonasi "O‘zbekneftegaz” AJ ta’sischiligida barpo
etilgan bo‘lib, yiliga 2,5 ming tonna polietilen va polipropilen granulalarini
qayta ishlash quvvatiga ega.
-Korxonamizda ishlab chiqariladigan plastmassa
yashiklar,chiqindilar uchun maxsus konteynerlar,plastik poddonlar va suyuqliklar
uchun xar xil sig‘imli idishlarga ichki va tashqi bozorda talab juda katta,-deydi
"Yangiariq plast” mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi Jahongir
Abdurahmonov.-Ayniqsa viloyatda etishtirilayotgan meva-sabzavotlarni eksport
qilishda qadoqlash vositasi sifatida mahsulotlarimiz juda qo‘l keladi.Chunki
plastmassa idishlarimizning chidamliligi yuqori va vazni engil bo‘lib,faqat bir
tomonga ortish uchun mo‘ljallangan.Bu esa eksportga jo‘natilayotgan qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarining tannarxi oshib ketmasligiga imkoniyat yaratadi.Loyihaning yana bir
ahamiyatli jihati shundaki, polietilen va polipropilen granulalarining
mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgani natijasida xom-ashyo ta’minotida uzilishlar,
muammolar bo‘lmaydi.
120 nafar yosh mutaxassis bandligi ta’minlangan
korxonada ishchi-xizmatchilarning samarali ishlashi uchun barcha sharoit yaratilgan.
Loyihaning ikkinchi navbati ishga tushgach ish o‘rinlari soni, ishlab chiqariladigan
mahsulotlar hajmi va turi yanada ortadi.
Odilbek
Odamboev,
"Xalq so‘zi” muxbiri