Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



YAYRAB, QUVNAB ULG‘AYAR BOLAJON
03.06.2015

Urganch shahrining so‘lim maskani – “Yoshlar ko‘li”da yangragan sho‘x-shodon navolar bu yerda boshlanajak bayram tadbirlaridan darak berdi.
Anvoyi gullar Anvoyi gullar xushbo‘y hid taratib turgan “Yoshlar ko‘li” bolajonlarning muborak qadamidan yanada chiroy ochdi.
Asfaltga rasm chizayotgan qizaloqlar bo‘lg‘usi yosh musavvirlarning dunyoqarashi va fikrlashidan xayratga tushaman. “Ona tabiatni asraymiz” deb nomlangan manzara juda xayajonli chizilgan. Tabiat timsolidagi navqiron qizning bo‘ynida chambarak, chambarak ustida qushlar o‘zaro chug‘urlashayotir.


 “Tabiatining o‘ng qo‘lida jajji bolajon siymosi”. Tabiatining atrofida kabutarlar osoyishtalik sururidan baxramand xolda uchib-qo‘nib yurishibdi.
“Biz tinchlik tarafdorimiz” degan rasm ham yaxshigina taassurot uyg‘otadi ko‘ngilda. Tinchlikning oliy ne’mat va bebaxo ekanligi tasvirlangan rasm xayratlanarli...
-Juda chiroyli chizibsizlar, -deya qo‘lida bo‘r bilan ijod qilayotgan milliy adras kiyimidagi, sochlarini urib, o‘zbekona do‘ppi kiyib olgan qizaloqlarni suxbatga tortamiz.
-Chizayapmiz, kobiliyatimiz yetganicha...
-Juda go‘zal..., -o‘quvchilarni ruxlantirishga harakat qilaman.
-Kaysi maktabda o‘qiysizlar?
-Urganch shahridagi 13-son umumta’lim maktabining 4- sinfida taxsil olayapmiz, o‘zlarini Zulxumor Abduxakimova, Onabibi Xojieva, Nasiba Boyjonova, - deya tanishtirishadi ular. - Rasm chizish mashqini o‘qituvchimiz Saida Yoqubovadan o‘rganganmiz...
Qizlar yana yaratish ishqi bilan mashg‘ul bo‘lishadi. Iste’dodli o‘quvchilar rasm chizish san’atini namoyon etishardi.
“Yoshlar ko‘li” xududida tashkil etilgan Urganch shahridagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari va tarbiyalanuvchilarining qo‘l ishlari bo‘lgan amaliy san’at namunalari – o‘yinchoqlar ko‘rgazmasi ham juda jozibali yaratilgan.
2-,5-,18-,22-,30-,37 - sonli maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan ko‘rgazmaga qo‘yilgan turli xildagi ertak qahramonlari hamda xilma-xil hayvonlarning yumshoq o‘yinchoqlar timsolida gavdalanishi har bir bolajonga zavq-shavq bag‘ishlaydi go‘yo...
Mazkur ko‘l xududida faoliyat ko‘rsatayotgan kafe va tamaddixonalarda kichkintoylar uchun biri-biridan lazzatli taomlar tayyorlanayapti. Chanqoqbosdi salqin sharbatlar savdosi namunali yo‘lga qo‘yilgan.
Nevara va chevaralarining qo‘llaridan maxkam tutganicha sokin odimlayotgan keksalarning chexralarida tabassum qalqiydi. Ular tinchlikning baxti va sururidan mamnun bo‘lishadi.
-Chevaralarimni bayram baxonasida aylantirgani olib chiqdim,-deydi yoshi saksonga yaqinlashgan onaxon Xojarbibi Sultonova,-Urganch shahrida “Gulchilar” maxallasida istiqomat qilaman. Shahrimizning obod bo‘lib, gullarga burkanib ketganligini ko‘rib quvonamiz. Mana, chiroyli kontsert dasturlarini ko‘ring, qanday maroqli. Bu yerda mazmunli dam olish borasida eldoshlarimiz uchun juda yaxshi qulayliklar yaratilgan.
Tadbirlar doirasida o‘tkir zexnlilar baxsi, turli sport musobaqalari, musiqali teatrlashgan tadbirlar tashkil etildi. Ularda har bir o‘g‘il-qiz o‘z qobiliyatini namoyon etib, qalblarga xushnudlik baxsh etdilar.
Viloyat xokimi P.Bobojonov o‘quvchilarning iste’dodini aloxida ta’kidladi va bolajonlarga, o‘quvchilarga sovg‘alar topshirdi.
Kun bo‘yi davom etgan tadbirlarda faol bolajonlarga “Kamolot” YoIX viloyat Kengashi va boshqa qator tashkilotlarning fahriy yorliqlari, sovg‘alari berildi.
1 iyun - Xalqaro bolalarni ximoya qilish kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari viloyatimizning shahar va tumanlaridagi madaniyat va istiroxat bog‘larida, so‘lim xiyobonlarda bo‘lib o‘tdi.

Feruza TANGRIBERGANOVA.
“Xorazm haqiqati” 2015 yil 3 iyun №44 (19182)