Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



YERLARNI SHUDGORLASH SIFATLI O‘TKAZILSIN
02.07.2015

2015 yilgi boshoqli don ekinlari hosilidan bo‘shaydigan yerlarni o‘z vaqtida va sifatli shudgor qilishni tashkillashtirish, 2016 yil hosilining kafolatli ta’minlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yuzadan qabul qilingan Qarori bajarilishini ta’minlash maqsadida viloyat hokimi P.Bobojonov qaror qabul qildi.
Unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 yilgi boshoqli don ekinlari hosilidan bo‘shaydigan yerlarni shudgorlashni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2015 yil 22 iyundagi Qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilindi.
2015 yilgi boshoqli don ekinlari hosili o‘rib-yig‘ib olingandan keyin o‘tkaziladigan shudgorlash xajmlari, shudgorlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha shtab tarkibi tasdiqlandi.
Viloyat qishloq va suv xo‘jaligi, yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari, viloyat mashina-traktor parklari birlashmasi rahbarlariga tumanlar hokimlari zimmasiga shudgorlashning o‘z vaqtida tashkil qilinishi va sifatli o‘tkazilishi, xaydov traktorlaridan unumli foydalanilishi, hisobotlarning buzib ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi uchun shaxsiy javobgarlik yuklatildi.
Tumanlar hokimlari zimmasiga viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi, viloyat MTP birlashmasi, “Urganch neft baza” unitar korxonasi bilan birgalikda shudgorlash ishlarini tez va sifatli o‘tkazish maqsadida bir xafta muddatda zarur moddiy-texnik resurslar bilan ta’minlanganlikni hamda yer fondidan yanada samarali foydalanishni hisobga olgan holda xo‘jaliklar bo‘yicha shudgorlash ishlarini o‘tkazish jadvalini tuzish va tasdiqlash, tadbir oldidan barcha maydonlarda poxol yig‘ishtirib olinishini tashkil qilish, mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’iy nazar belgilangan tartibda shartnomalar asosida jismoniy va yuridik shaxslarda mavjud bo‘lgan haydov traktorlarini dolzarb tadbirni o‘tkazishga jalb etish, ularning ikki smenada otryad usuli asosida samarali ishlashini tashkil qilish, xo‘jaliklar va mashina-traktor parklarining buyurtmanomalari asosida xaydov agregatlari uchun extiyot qismlar yetkazib berilishini, shuningdek ko‘chma ta’mirlash ustaxonalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, yerlarni shudgorlashda sifat ko‘rsatkichlariga alohida e’tibor qaratish, birinchi navbatda xududlarning tuproq sharoitlarini inobatga olgan xolda ularning belgilangan chuqurlikda haydalishini nazorat qilish, tadbirda qatnashayotgan mexanizatorlar va operatorlarga zarur shart-sharoitlarni yaratib berish vazifalari yuklatildi.
“Urganch neft baza” unitar korxonasiga yonilg‘i-moylash materiallarining zaruriy zahirasini yaratish hamda shudgorlash davrida tasdiqlangan texnologik me’yorlar bo‘yicha dizel yonilg‘isi qiymatining 60 foizi oldindan to‘lanishini hisobga olgan xolda uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash topshirildi.
Xorazm viloyat teleradiokompaniyasi, “Xorazm xaqiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalari birlashgan tahririyatiga viloyat tabiatni muxofaza qilish qo‘mitasi bilan birgalikda dalalarda poxolni yoqish oqibatida kelib chiqadigan zarar va noxush oqibatlarni keng yoritib borish tavsiya etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu Qarori bilan Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat extiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi maxsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi tomonidan shudgorlash ishlari uchun fermer xo‘jaliklariga ajratilgan yonilg‘i-moylash materillari to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirilishi ta’minlanishi ma’lumot uchun qabul qilindi.

“Xorazm haqiqati” 2015 yil 1 iyul №52 (19190)