Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Yerning ham uvoli bor...
05.04.2018

Xalqimiz yildan-yilga dehqonchilikka ilmiy asosda yondashish, bozor talabi va ehtiyojidan kelib chiqib mahsulot etishtirish,  innovatsion usullarni joriy etishning hadisini olmoqda. Gidroponika usulidagi issiqxonalar, intensiv bog‘lar yaratish, meva va sabzavotlarni saqlash uchun zamonaviy sovutish tizimiga ega omborlar  qurish borasida eng ilg‘or  texnologiyalar hayotga tadbiq etilmoqda.Biroq mamlakatimiz aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash barobarida juda katta eksport salohiyatiga ham ega bo‘lgan tomorqa xo‘jaligi imkoniyatlaridan to‘la foydalanilmayapti.Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi davr tomorqa tushunchasiga bo‘lgan qarashlarimizni tubdan o‘zgartirishni toqozo etmoqda.

Xorazm viloyatida 289452 nafar tomorqa yer egalariga 39471 gektar ekin maydoni ajratib berilgan. Salkam qirq ming gektar sug‘oriladigan yer maydoni bu hazilakam gap emas. Ammo ana shu  tomorqa yerlarining barchasidan samarali foydalanilyapti deb bo‘lmaydi. Yaqinda viloyat fermer,dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari viloyat kengashitomonidan o‘tkazilgan monitoring jarayonida 249 ta tomorqa yer egalariga biriktirilgan 32,4 gektar ekin maydonlari qarovsiz holatda ekanligi aniqlandi.  138 ta tomorqa yer egalari bilan muloqot qilib, ekin yerlaridan samarasiz foydalanish holatlari bartaraf qilindi. 111 ta oila qarashli 12,1 gektar tomorqa yerlari mahalliy hokimliklar yer fondi zahirasiga o‘tkazildi.       

    –Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligini  har oyda  muhokama qilib boryapmiz, –deydi Qo‘shko‘pir tumanidagi “Xosiyon” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Yusufboy Otaboev. – Yaqinda mahallamizdan 14 nafar fuqaroga tomorqa yerini qarovsiz qoldirgani uchun ogohlantirish berdik. Ularning ko‘pchiligi bundan to‘g‘ri xulosa chiqarib, ekin-tikin ishlariga kirishib ketdi. Ahvol o‘nglanmagan tomorqa egalariga nisbatan esa belgilanganidan uch barobar ko‘p yer solig‘iga tortish, bunda ham natija bo‘lmasa yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishigacha bo‘lgan qat’iy javobgarlik choralarini ko‘riladi.

Bog‘ot tumanidagi “Oqtepa” mahallasida istiqomat qiluvchi  mehnat faxriysi Omonboy Otajonov  ancha yillardan beri dehqonchilikka doir ishlarning obi-tobida bajarilishining hadisini olib, shu mehnati ortidan katta ro‘zg‘orini obod etib kelayotgan yurtdoshlarmizdan biri.Kaftdek tomorqasida mevali daraxtlarning hamma turidan bor. Xorazm iqlimiga moslashmagan navlarni boshqa mintaqalardan olib kelib parvarishlamoqda. Savob ilinjida qo‘ni-qo‘shnilarga o‘zi etishtirgan sara ko‘chatlardan ulashib, payvand qilib beradi. To‘rt uya asalari, 100 ta tovuq, sog‘in sigir- u, qo‘y –qo‘zilar oilaning farovon turmushi manbai.

   – Suvning uvoli, vaqtning uvoli bo‘lgani singari yerning ham uvoli bor, – deydi Omonboy ota Otajonov. – Xorijda dengiz yoki qum barxanlari ustida   ekin maydoni yaratib dehqonchilik qilinayotgan bir paytda bizning ketmonning sopi ham ko‘karib ketadigan unumdor tuproqli yurtimizda ba’zi yerlar ekilmay qolib ketayotgani achinarli. Atoqli  shoirimiz ona yerimizni, bir o‘lka-ki tuprog‘ida oltin gullaydi, deb bejiz ta’riflamagan. Tomorqa – ishning ko‘zini bilan odam uchun bitmas-tuganmas xazina-ku! 

– Ayrimlarning qishloqda yashab, sabzi –piyozga bozorga chopganini ko‘rib hayron qolaman, – deydi Xonqa tumanidagi “Durvadik” mahallasida yashovchi Mavlonbek Jabborov. –Buning ustiga  ishsizman deb nafaqa ham so‘rashadi.  Tomorqasi bor odam ishsiz bo‘lishi mumkinmi? Yilning barcha faslida dehqonchilik qilishimiz mumkin. Ayrimlar mehnatdan qochib tomorqasiga faqat chorva uchun ozuqa ekinlari ekib qo‘yaqolishadi. Axir yerdan bir yilda  ikki ,uch marta hosil olish mumkin. Kishida ishtiyoq, mehnatga havas bo‘lsa bas – o‘z hayotini o‘zi farovon qilishi mumkin.To‘g‘ri shu paytgacha tomorqa yer egalariga mineral o‘g‘itlar, sara urug‘lik va ko‘chatlar etkazib berish, o‘simliklarni zararkunanda hashorotlar va kasalliklardan himoya qilish hamda texnika xizmati ko‘rsatish masalalarida muammolar bor edi. Endilikda har bir hududda “Tomorqa xizmati” korxonasi tashkil etilishini eshitib juda xursand bo‘ldik. Mahsulotimizni nafaqat ichki bozorda, balki xorijga eksport qilish imkoniyatlari yaratilayotganidan mas’uliyatimiz ham oshdi. Endi oddiy jaydari mevalar emas, xorij bozorida eng nozik ta’b xaridorlarga ham manzur bo‘ladigan mahsulot yetishtirish harakatidamiz.

Dehqonchilikda bahorning bir kuni, kuzning o‘n kuniga tatiydi, degan naql bor. Shunday ekan, tomorqaga baraka urug‘ini barvaqt qadagan dehqonning qo‘li doim baland keladi.Fursat esa kutib turmaydi.

                                            Odilbek Odamboev