Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



YONG‘IN XAVFSIZLIGI KUNLARI MAS’ULIYAT BILAN O‘TKAZILADI
19.11.2016

YONG‘IN XAVFSIZLIGI KUNLARI MAS’ULIYAT BILAN O‘TKAZILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 noyabrdagi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoyevning "Yong‘inxavfsizligi kunlari"ni o‘tkazish to‘g‘risida 2016 yil 9 noyabrdagi topshirig‘ini bajarish maqsadida viloyat hokimi P.Bobojonov qaror qabul qildi.

Unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 noyabrdagi qaroriga asosan viloyatda 2016 yilning 10 noyabridan 2017 yilning yanvarigacha yong‘in xavfsizligi kunlari o‘tkaziladi.

Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini, shuningdek uy-joy fondini yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq holga keltirish, o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan ob’ektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish yong‘in xavfsizligi kunlarini asosiy vazifalari etib belgilandi.

Yong‘in xavfsizligi kunlari­ni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha viloyat komissiyasi hamda ishchi guruhi tarkibi, shuningdek tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Viloyat komissiyasiga yong‘in xavfsizligi kunlari o‘tkazilishi bo‘yicha rejalashtirilgan tadbirlarning bajarilishiii har o‘n kunda komissiya yig‘ilishida muhokama qilish va unda tegishli xizmatlar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish topshirildi.

Shahar va tumanlar hokimliklariga yong‘in xavfsizligi kun­larini tashkil etish va o‘tkazish komissiyalari tuzilishini, yong‘in xavfsizligi kunlarini samarali o‘tkazish tadbirlari ishlab chiqilishini, ularda tadbirga daxldor bo‘lgan barcha idoralarning vazifalari belgilanishini, jamoat transportida va aholi ko‘p to‘planadigan joylarda yong‘in xavfsizligi kunlari o‘tkazilayotgani haqidagi reklama yozuvlari, plakatlar joylashtirilishini, yong‘in xavfsizligi kunlari o‘tkazilishi muntazam ravishda muhokama qilib borilishini va unda tegishli rahbarlarning hisobotlari eshitilishi hamda yong‘in xavfsizligi ishiga jamoatchilik keng jalb etilishini ta’minlash topshirildi.

Boshqarma, korxona, muassasa va tashkilotlar, idoralar, uyushmalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasigahay’atlar,boshqaruvlar, kengashlar majlislarida idoraviy mansub ob’ektlar va uy-joy fondining texnik holati, yong‘in xavfsizli­gi masalalarini ko‘rib chiqish, ularni xavfsiz holatga kelti­rish uchun ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilishini ta’minlash, gaz, ener­getika, suv xo‘jaligi va isitish moslamalarining holati va sozligiga alohida e’tibor qaratish, yong‘in ro‘y berishiga yo‘l qo‘ygan rahbarlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq choralar ko‘rish, ob’ektlardagi yong‘in xavfsizligi bo‘linmalarini yong‘in o‘chirish texnikasi, asbob-uskunalar va anjomlar bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish, aholi o‘rtasida Yong‘inga qarshi targ‘ibot-tashviqot ishlarini o‘tkazish va yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatish ishlarini kuchaytirish, jamoatchilikni yong‘inlarning oldini olish tadbirlariga keng jalb etish, o‘ziga qarashli yong‘inga qarshi himoya tizimi va vositalarini, suv ta’minoti manbalarini soz holga keltirish vazifala­ri yuklatildi.

Viloyat komissiyasi, ishchi guruhiga iqtisodiyot tarmoqla­ri va ijtimoiy soha ob’ektlari, uy-joy fondi hamda o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan ob’ektlarda yong‘in xavfsizligi kunlari o‘tkazilishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning ahvolini o‘rganish yuzasidan reydlar uyushtirish va shu masalani har o‘n kunda viloyat komissiyasi yig‘ilishi muhokamasiga kiritish topshirildi.

«Xorazm» teleradiokompaniyasi, «Xorazm haqiqati» va «Xorezmskaya pravda» gazetalari birlashgan tahririyatiga yong‘in xavfsizligi kunlari o‘tkazilishini keng yoritish tavsiya etildi.

«Xorazm haqiqati» gazetasi,

2016 yil 16 noyabr №93