Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



"YOSH TADBIRKOR - YURTGA MADADKOR” RESPUBLIKA TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI
18.08.2016

"YOSH TADBIRKOR - YURTGA MADADKOR”
RESPUBLIKA TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI

 
Urganch Davlat universitetida yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

"Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat Kengashi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi va tijorat banklari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda 100 ga yaqin yosh tadbirkor ishtirok etdi.

 Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, tadbirkor­lik faoliyatiga keng jalb etish, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashish hamda amaliy yordam ko‘rsatish, yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida tashkil etilgan mazkur tanlovda viloyatdagi ko‘plab kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari o‘z qobiliyat va iste’dodlarini namoyon etishdi.

 Tanlov doirasida qatnashchilar uchun uch kunlik o‘kuv-seminar tashkil etilib, sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida mashg‘ulotlar, tajribali tadbirkorlar tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi.

 - Tajribali mutaxassislar yoshlarga tadbirkor­lik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga doir qonunlar, biznes-reja tuzish va uni ro‘yobga chiqarishda bank kreditlaridan foydalanish kabi sohaga doir masalalar yuzasidan tavsiyalar berishdi,- deydi "Kamolot” yoshlar ijtimoiy hara­kati viloyat Kengashi qoshidagi "Yosh tadbirkor” konsultativ markazi koordinatori Sherzod Safarov.- Jumladan, "Biznesni tartibga soluvchi qonuniy-me’yoriy hujjatlar”, "Biznes-reja tuzish talablari”, "Tadbirkorlik faoliyatida xavfsiz mehnat sharoitini yaratish - meh­nat muhofazasining omili” kabi mavzularda tashkil qilingan amaliy mashg‘ulotlar qiziqarli kechdi.

 Yoshlarning ishbilarmonlik sohasi bo‘yicha bilimi hamda o‘z biznes rejasini taqdim etishdagi mahorati hakamlar hay’ati tomoni­dan baholandi. Bunda taklif etilgan biznes rejasining iqtisodiy ko‘rsatkichi, loyihaning samaradorligi hamda uning kre­dit maqsadlariga nechog‘li muvofiqligiga alohida e’tibor qaratildi.

 Tanlovda eng yaxshi deb topilgan 20 ta loyiha sohibiga Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmagan holda imtiyozli kreditlar ajratish imkonini beruvchi maxsus sertifikatlar topshirildi.

Ishlab chiqarilgan tovarlar eksporti borasidagi yangi, istiqbolli takliflar bildirgan 12 nafar loyiha ishtirokchisi tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
 

Severa RO‘ZMETOVA,
"Xorazm haqiqati” gazetasi
2016 yil 17 avgust №66