Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



YOSHLAR KAMOLOTI YO’LIDA
16.03.2016

P.Bobojonov, Xorazm viloyati hokimi, viloyat hokimligi huzuridagi voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiya raisi

Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama barkamol etib voyaga etkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari eng zamonaviy o’quv qurollari,texnika vositalari bilan jihozlangan. Sinf va amaliyot xonalaridagi mashg’ulotlarda bevosita o’quv qo’llanmalari, axborot texnologiyalaridan samarali foydalangan holda mavzular o’quvchilarga chuqur etkazilmoqda. Bu esa o’g’il-qizlarning fanlarni yanada mukammal o’rganishga va o’z navbatida qobiliyatinito’laroqnamoyon qilishga imkon bermoqda.

Bugungi kunda boy kitob fondiga ega bo’lgan axborot-resurs markazlari, kutubxonalar, ijodiyot markazlari, sport inshootlari, madaniyat maskanlari – hammasi o’g’il-qizlarimiz ixtiyorida. O’quvchilarning o’qishdan keyingi vaqtlari mana shu maskanlarda mazmunli, foydali o’tmoqda.

Voyaga etmaganlarni komil insonlar etib voyaga etkazish nafaqat pedagogik jamoalarning, balki ota-onalar, mahalla fuqarolarning ham muhim vazifalaridan biridir.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 21 sentyabrdagi "Voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqida”gi qarori qabul qilinganidan so’ng voyaga etmaganlarga oid qonunlar ijrosini ta’minlash hokimliklar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va boshqa davlat hamda nodavlat tashkilotlarning asosiy yo’nalishlaridan biriga aylandi. Asosiy e’tibor o’smirlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, ularning ta’lim-tarbiyasi, sog’ligi hamda ijtimoiy muhofazasiga oid qonunlar ijrosiga qaratilmoqda.

Viloyat hokimligi huzuridagi voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiyasi prokuratura organlari, tegishli tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda o’z faoliyatini o’quv muassasalarida ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish, har bir o’qituvchi, murabbiy mas’uliyatni oshirish, bolalarning maktabdan keyingi vaqtlarini to’g’ri tashkil etishda ota-ona-mahalla hamkorligini ta’minlash, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalardagi farzandlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, voyaga etmaganlar o’rtasida qonun buzilishi holatlariga yo’l qo’ymaslik kabi dolzarb masalalar asosida tashkil etmoqda.

Jumladan, shahar va tumanlar hokimliklari huzuridagi voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalar tomonidan 2015 yilda 59 nafar qarovsiz va nazoratsiz qolgan bolalar aniqlanib, 18 nafari vasiylikka, 4 nafari homiylikka, 1 nafari patronatga berilgan, 11 nafari "Go’daklar uyi”ga, 2 nafari "Oilaviy bolalar uyi”ga va 1 nafari "Bolalar shaharchasi”ga hamda 22 nafari voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko’rsatish markaziga joylashtirilgan. Ular doimiy ravishda komissiya e’tiborida bo’lmoqda.

Shuningdek, o’tgan yil davlat va jamoat yordamiga muhtoj bo’lgan oilalarga 6296,7 million so’mdan ortiq moddiy yordam ko’rsatildi.

Hududiy komissiyalar tomonidan o’tgan yili muassasa va tashkilotlarda ayrim kamchiliklar aniqlangan. Ularni bartaraf qilish yuzasidan qator tashkilotlarga taqdimnomalar kiritilgan, tegishli mansabdor shaxslarning javobgarligi oshirilgan.

Shuningdek, hududiy komissiyalar yig’ilishlarida muhokama qilingan voyaga etmaganlarga va ota-onalariga nisbatan to’plangan ma’muriy va boshqa turdagi ishlarning barchasi 15 kunlik muddat ichida ko’rib chiqilib,
ularga jamoat tanbehi berildi, ayrimlari jarimaga tortildi, ogohlantirish bo’yicha tegishli sudlarga taqdimnomalar kiritildi.

O’zbekiston Respublikasining "Voyaga etmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to’g’risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida voyaga etmaganlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasi, o’quvchi-yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishga qaratilgan qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazib kelinmoqda.

Masalan, o’tgan yili "Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi ko’tarinkilik bilan o’tdi.

"Mustaqil yurt farzandiman” Respublika rasmlar ko’rik tanlovi ham o’quvchilarning yuksak iste’dod egasi, bilimli, oqila farzandlar bo’lib ulg’ayotganligini yana bir bor namoyish etdi.

Yoshlarni "ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’sirlaridan asrash, milliy qadriyatlarimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida "Biz – buyuk yurt farzandlarimiz” shiori ostida yoshlar o’rtasida o’tkazilgan festival yoshlik, do’stlik, iste’dod bayramiga aylanib ketdi.

O’quvchilar o’rtasida "Konstitutsiya-baxtimiz poydevori” shiori ostida Respublika ko’rik tanlovining viloyat bosqichi o’tkazildi. Unda barcha ta’lim muassasalarining o’quvchilari katta qiziqish bilan ishtirok etdilar.

Festival doirasida "Prezident asarlari bilimdoni”, "Deputat va yoshlar”, "Hokim va yoshlar”, "Zamonamiz qahramonlari”, "Odam savdosi – davr muammosi”, "Biz sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz!”, "Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin!”, "Internet va yoshlar”, "Iqtidor egasi – obod yurt ertasi”, "Yoshlar o’rtasida erta nikoh va uning oldini olish”, "Vatan taraqqiyotiga mening hissam”, "Kamolot kutubxonasi” kabi loyihalar doirasida tadbirlar bo’lib o’tdi.

Mustaqilligimizning 24 yilligiga bag’ishlangan "Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim-O’zbekistonim!” shiori ostida o’tgan tadbirlar har bir o’g’il-qizimizda shu muqaddas zaminda tug’ilib voyaga etayotganliklaridan faxr-iftixor tuyg’ularini jo’shtirdi.

Viloyat komissiyasi xotin-qizlar qo’mitasi bilan hamkorlikda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ham o’tkazib bordi. "Orasta qizlar” to’garaklari faoliyati yanada takomillashtirildi. Toshkent shahrida bo’lib o’tgan "Mahallamiz orastalari” Respublika ko’rik tanlovida viloyatimizning "Oltin voha qizlari” jamoasi "Mahallaning eng orasta qizlari” nominatsiyasi g’olibi bo’lib, 1-o’rinni qo’lga kiritdilar. Ular Respublika Xotin-qizlar qo’mitasining diplom va qimmabaho sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan qizlar bunday ma’rifiy-madaniy ishlarda tengdoshlariga ibrat bo’lishmoqda.

O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini yanada qiziqarli o’tkazish uchun qadimiy va xamisha navqiron shahar Xivaga sayohatlar uyushtirilmoqda. Bolalar bebaho meros - tarixiy obidalarni diqqat bilan tomosha qilmoqdalar. Muzey xodimlaridan, o’qituvchilardan o’zlarini qiziqtirayotgan savollariga javoblar olishyapti.

Sport bolalarning eng sevimli mashg’ulotlari bo’lib qolmoqda. O’tgan yili foydalanishga topshirilgan viloyat markazidagi «Yoshlik» sport majmuasida o’quvchilar-yoshlar ayni paytda sportning 26 turi bo’yicha shug’ullanmoqdalar. Viloyatda faoliyat ko’rsatayotgan bolalar va o’smirlar sport maktablariga har kuni yuzlab o’quvchilar qatnab, bo’sh soatlarini mazmunli o’tkazishmoqda.

Shuningdek, «Barkamol avlod» markazlari hamda joylardagi madaniyat va aholi dam olish markazlaridagi to’garaklarda o’quvchilar o’zlari qiziqqan yo’nalishlar bo’yicha muntazam shug’ullanmoqdalar. Bu tadbirlar, albatta, o’zining ijobiy samaralarini berayapti. Jumladan, 2015 yilning o’zida ikki yuz mingga yaqin o’quvchilar viloyat, respublika va xalqaro sport musobaqalarida faollik bilan ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar.

Viloyatda 2015 yilda voyaga etmaganlar o’rtasida 453 ta ommaviy sport tadbirlari o’tkazilib, ularda yuz mingdan ziyod bolalar ishtirok etdi.

Urganch Olimpiya zahiralari kollejida 2000 yilda tug’ilgan o’smir bolalar o’rtasida futbol bo’yicha o’tkazilgan O’zbekiston chempionati qizg’in bahslarga boy bo’ldi. G’oliblik uchun bo’lgan qiziqarli, murosasiz o’yinlar natijasida viloyat terma jamoasi eng yuqori o’rinni, Namangan viloyati jamoasi 2-o’rinni, Buxoro va Toshkent viloyatlari jamoasi 3-o’rinni qo’lga kiritdilar.

Ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida ham ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. O’tgan yili dekabr oyida Xiva tumanida 144 ta o’ringa mo’ljallangan "Bolalar shaharchasi” barpo etilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu ob’ektning qurilish-ta’mirlash ishlariga qariyib 17 mlrd so’m mablag’ sarflandi. Bu erda 18 ta zamonaviy turar-joy bunyod etilgan bo’lib, har bir uyda 6-8 nafar bolalar istiqomat qiladi. Shaharcha hududi ko’kalamzorlashtirilgan. Ochiq va yopiq sport zallari, yopiq suv havzasi, faollar zali va boshqa binolar barpo etilgan.

Komissiya tomonidan viloyatdagi ijtimoiy reabelitatsiya qilishga muhtoj bolalarga ta’lim-tarbiya berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda bunday toifadagi bolalardan 4797 nafari ta’lim-tarbiya olmoqda. Shulardan 626 nafari maxsus maktab-internatlarda hamda
790 nafari yakka holda uylarida o’qitilmoqda.

O’tgan yili bolalar va o’smirlarning sog’ligini mustahkamlash, ular bilan o’z vaqtida profilaktik tadbirlarning tashkil etilishi natijasida
14 yoshgacha bo’lgan besh yuz mingga yaqin bolalarning 98,7 foizi tibbiy ko’rikdan o’tkazildi.

Viloyat hokimligining voyaga etmaganlar bo’yicha komissiyasining yaqinda bo’lib o’tgan kengaytirilgan yig’ilishida 2015 yilda olib borilgan ishlar chuqur tahlil qilindi. Ayniqsa, huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikning izchil yo’lga qo’yilganligi va pedagog jamoalarda, aholi istiqomat joylarida bolalarning tarbiyasi, kamolotiga oid tushuntirish, targ’ibot tadbirlarning muntazam olib borilayotganligi voyaga etmaganlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda turli qonun buzilishlarining oldini olishga yordam bermoqda.

Yig’ilishda joylardagi komissiyalarning kelgusidagi vazifalari yanada aniq ko’rsatilib, ularga tavsiyalar berildi. Prezidentimizning «Yuksak ma’naviyat –engilmas kuch» asarida oila va mahallaning hayotimizdagi roli va ta’siri xususiyatlari alohida qayd etilgan. "Oilaviy tarbiya masalasida xatoga yo’l qo’ymaslik uchun avvalo har qaysi xonadondagi ma’naviy iqlimni o’zaro hurmat, axloq-odob, insoniy munosabatlar asosiga qurish ayni muddao bo’lur edi”, deya ta’kidlanadi. Oilada sog’lom turmush tarzi qoidalariga amal qilinsa, har bir ota-ona o’z farzandiga shaxsiy ibrat bo’lsa bolalar ham ulardan o’rnak olib voyaga etadi.

Viloyat «Oila» markazi, «Kamolot» YoIH, «Mahalla» xayriya jamoat fondi va boshqa tashkilotlar farzandlar tarbiyasi borasida aniq rejalarga muvofiq faoliyat ko’rsatishlari muhimdir.

Shahar va tuman hokimliklari huzuridagi komissiyalar voyaga etmaganlar ta’lim-tarbiyasi yo’nalishida o’z ish uslublarini shu kun talabi asosida tashkil etish, faoliyatini yanada takomillashtirish davr talabidir.

Prezidentimizning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida, "Bu yorug’ olamda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho ne’mat bor. Har qaysi ongli inson jondan aziz farzandining baxtini, kamolini o’ylab, hamisha ezgu orzu intilishlar bilan yashaydi, o’z zurriyotining har tomonlama sog’lom bo’lishini istaydi. Sog’lom bola, sog’lom avlod orzusi ajdodlarimizdan bizga o’tib kelayotgan qon-qonimizga singib ketgan azaliy intilishdir” deya ta’kidlanadi.

Darhaqiqat, farzandlarimizning barkamol bo’lib voyaga etishida fidoiylik bilan xizmat qilish har birimizning muqaddas burchimizdir.

 

 

Viloyat hokimligining Axborot xizmati