Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Yoshlar kelajagimiz
13.07.2015

Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish hamda ijtimoiy himoyalashga qaratilgan keng miqyosdagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan siyosatni aholining barcha qatlamlariga yetkazish  O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining doimiy e’tibori markazida
turibdi. O‘zMTDP Urganch shahar  kengashi tomonidan “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” mavzusida tashkil etilgan tadbirda  barkamol avlod tarbiyasida oilaning o‘rni, hamda oilalarning iqtisodiy  va ma’naviy asoslarini mustahkamlash borasida yurtimizda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar xususida so‘z bordi.
- Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va milliy urf-odat, ana’analarimiz asrab-avaylayda oiladagi tarbiyaning  roli beqiyos, - dedi tadbirda so‘zga chiqqan  partiyaning Urganch shahar kengashi raisi Bahodir Jumaniyozov. -Shundan  kelib chiqib, oilalarning mustahkam bo‘lishiga erishish, undagi ma’naviy muhitni yuksaltirish bugungi  kunda muhim vazifadir. Ishchanlik ruhida o‘tgan  ushbu tadbirda ishtirok etgan Urganch shahridagi 9-son mahalla  faollari yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘liq dolzarb vazifalarni hal qilish bo‘yicha o‘zaro fikrlashdilar. O‘zMTDP Xonqa tuman kengashi tomonidan esa “Ogohlikka  da’vat” mavzusida tadbir  o‘tkazildi. Tadbirda diniy aqidaparastlik va missionerlik, terrorizm va ekstremizm, “Ommaviy madaniyat”, giyohvandlik kabi falokatlarning ayanchli oqibati xususida atroflicha so‘z yuritildi.
Ta’kidlanganidek, yoshlarimizda mafkuraviy immunitetni shakllantirish uchun ularni yuksak ma’naviyatli, sog‘lom fikrli komil inson qilib tarbiyalash, ular ongida milliy qadriyat, an’ana va urf-odatlarimizga hurmatni mustahkamlash juda muhimdir. 
- Ertamiz davomchilari bo‘lmish yoshlar tarbiyasiga har tomonlama e’tibor berish, ularga o‘z iste’dodlarini namoyon qilishlari uchun  shart-sharoit yaratib berish, ularni diniy aqidaparastlik, “Ommaviy madaniyat” kabi yot g‘oyalar ta’siridan saqlash, yurtimiz kelajagiga poydevor bo‘lib xizmat qiladi, -dedi tadbirda so‘zga chiqqan  tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Xalq deputatlari Xonqa tuman Kengashidagi O‘zMTDP deputatlik guruhi a’zosi Nargiza  Jabborova.
Tadbir ishtirokchilari yoshlarni  jamiyatimizga yot turli xil g‘oyalardan asrash borasida oila, ta’lim muassasasi va mahallaning bahamjihat faoliyatini takomillashtirish yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

Alisher RAHMONOV,
Viloyat hokimligining Axborot xizmati