Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



YOSHLAR - KELAJAK BUNYODKORI
18.07.2017

YOSHLAR - KELAJAK BUNYODKORI

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat, shahar va tuman hokimliklari, boshqarmalar va tashkilotlarning mas’ul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2017-yil 30-iyunda "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV quriltoyidagi so‘zlagan nutqidan kelib chiqadigan vazifalar va faoliyatni har tomonlama takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda viloyat hokimi P.Bobojonov so‘zga chiqib, mamlakatimizda yoshlarning fan sirlarini mukammal o‘rganishlari, kasb-hunar o‘rganishlari, iqtidorini ro‘yobga chiqarishlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, yoshlar uchun qad rostlayotgan binolar va o‘quvchi-yoshlarning barcha sohlarda erishayotgan yutuqlariga alohida to‘xtaldi.

Jumladan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashining korxona, tashkilot va ta’lim muassasalarida kelgusida tashkil etiladigan boshlang‘ich tashkilotlarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash hamda boshqa zarur shart-sharoitlar yaratish va Urganch shahrida yangi barpo etilayotgan "Yoshlar markazi” kutubxonasi uchun viloyat hokimligi tomonidan 20 mln. so‘mlik kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilinishi rejalashtirilayotgani qayd etildi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan yoshlar Prezidentimizning "Kamolot” yoshlar ishtimoiy harakatining IV quriltoyida so‘zlagan nutqidan kelib chiqib, o‘z faoliyatlarini davr talablari asosida tashkil etib, g‘ayrat-shijoati, a’lo o‘qishlari, iste’dodi hamda istiqbolli loyihalarni amaliyotga tatbiq etishlari bilan yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishga ahd etganliklarini ta’kidladilar.

-O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgani menga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi, - deydi UrDU qoshidagi 2-sonli akademik litsey o‘quvchisi Gulhayo Ismoilova. – Prezidentimizning bu boradagi Farmoni tufayli biz yoshlarga yaratib berilgan imtiyoz va sharoitlardan unumli foydalangan holda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faoliyatini yanada kengaytirishda o‘z kuch-g‘ayratimizni ayamaymiz. Chunki, mustaqil diyorimiz, ona Vatanimiz kelajagi uchun munosib farzand bo‘lish mas’uliyati bizni yanada faollikka undaydi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi va uning birinchi o‘rinbosari hamda Ijroiya qo‘mitasi tarkibi saylandi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi ma’naviy-ma’rifiy loyihalar bo‘limi mudiri lavozimida ishlab kelgan Masharipov Mansurbek Maxmudovich O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashi raisi etib saylandi.

Shuningdek, yig‘ilishda kun tartibiga kiritilgan boshqa bir qator masalalar ham qarab chiqildi.

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2017-yil 15-iyul, №56