Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Yoshlar kelajakimiz
08.05.2014

P.BOBOJONOV, Xorazm viloyati hokimi, viloyat xokimligi xuzuridagi voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya raisi.

Mustaqillikning dastlabki yillaridanok yurtimizda yosh avdodni xar tomonlama barkamol etib voyaga etkazish uchush barcha shart-sharoitlar yaratildi.
Eng zamonaviy o‘quv-texnika vositalari bilan jihozlangan ta’lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlarning fanlarni mukammal o‘rganishlari, amaliyot jarayonida faol bo‘lishlari, iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun muhayyo qilingan imkoniyatlar bugun o‘z samarasini bermoqda. O‘quvchi-yoshlar fanlar bo‘yicha o‘tkazilayotgan o‘tkir zehnlilar bellashuvlarida, olimpiadalarda, turli ko‘rik-tanlovlarda, festivallarda, musobaqalarda iste’dodlarini namoyon qilib, quvonarli natijalarga erishayotirlar.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning "Sog‘lom bola yili" Davlat dasturi to‘g‘risida"gi Qarori faoliyatda dasturilamal bo‘lmoqda. Mazkur Qaror asosida qabul qilingan viloyat dasturi 7 bo‘lim, 108 banddan iborat bo‘lib, butun diqqat-e’tibor aynan yoshlarning barkamol ulg‘ayishiga qaratilgan.
Shuningdek, Prezidentimizning 2014 yil 6 fevralda qabul qilgan" O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid Davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarori yoshlarga bo‘lgan e’tibor, g‘amxo‘rlikning ifodasi va bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarni yanada yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan navbatdagi muhim hujjatdir.
Ayni paytda viloyatimizda mazkur Qaror ijrosini ta’minlash izchil davom etmoqda. Ta’lim muassasalarida o‘quvchilar, voyaga etmaganlar o‘rtasida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar takomillashmoqda. Viloyatning barcha shahar va tumanlari hokimlarining o‘quvchi yoshlar bilan uchrashuvi yuksak saviyada tashkil etildi. Shuningdek, viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ham yoshlar chuqur bilimli, iqtidorli va tafakkuri keng, ko‘p qirrali iste’dod egalari ekanliklarini namoyon qilishdi. An’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan bunday uchrashuvlar yoshlarning faolligini har tomonlama oshirmoqda.
"Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati viloyat Kengashi, uning shahar va tumanlaridagi tashkilotlari komissiyalar bilan hamkorlikda o‘quvchi-yoshlarning ilm olishi hamda ular bo‘sh vaqtlarining mazmunli, foydali bo‘lishi uchun madaniy-ma’rifiy yo‘nalishlarda tadbirlar belgilab, ularni amalga oshirmoqdalar. Ma’lumki, o‘quvchining bo‘sh vaqti to‘g‘ri tashkil qilinsa, uning darslarni o‘zlashtirishida, qobiliyatini yuksaltira borishda ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bugun viloyatda "Barkamol avlod markazlari"dagi to‘garaklarda, sport majmualarida, madaniyat maskanlarida o‘quvchi-yoshlar katta qiziqish bilan shug‘ullanmoqdalar.
Hozirgi kunda viloyatda o‘ttizdan ziyod bolalar sporti ob’ektlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardagi 24 sektsiyada 35067 nafar o‘quvchi o‘zlari sevgan sport turlari bilan shug‘ullanmoqdalar. Shuningdek, 115146 nafar umumta’lim maktablari o‘quvchilari 103 ta yo‘nalish bo‘yicha sport bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda.
Bu boradagi ishlarning yuqori samarasini ta’minlashda Prezidentimizning tashabbusi bilan tashkil etilgan "Bolalar sportini rivojlantirish" jamg‘armasining o‘rni beqiyosdir.
2013 yilda ushbu jamg‘arma mablag‘lari hisobiga viloyatdagi 10 ta inshootda rekonstruktsiya va ta’mirlash ishlari olib borildi, 1,5 mlrd so‘mlik sport anjomlari va uskunalar bilan ta’minlandi. Ichki imkoniyatlarimiz hisobidan esa yana 3 mlrd. 190 mln. so‘mlik 29 sport ob’ektlari qurib foydalanishga topshirildi. Urganch shahridagi ko‘p qavatli uylar oldida 16 ta sun’iy qoplamali mini-futbol maydonchalari tashkil etildi. Birgina 24-"Tozabog‘" mahallasining o‘zida 2 ta badminton va 3 ta mini-futbol maydonchasi qurildi. Urganch tumanida 2 ta, Xiva tumanida 4 ta, Bog‘ot tumanida 3 ta, Xonqa tumanida 2 ta, Hazorasp tumanida 2 ta ana shunday kichik sport ob’ektlari bunyod etildi.
Shuningdek, Urganch shahri mahallalarida 28 ta bolalar o‘yingohlari qayta tiklandi va 31 tasi yangidan qurildi. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun homiy tashkilotlar va tadbirkorlar tomonidan qariyb 800 mln. so‘m mablag‘ sarflandi.
2014 yilga mo‘ljallangan dasturga muvofiq yana 26 ta sun’iy qoplamali sport maydonchalari, 12 ta sport majmuasi va bolalar musiqa va san’at maktablari quriladi.
Viloyat markazida yangidan qad ko‘tarayotgan "Yoshlik" shaharchasida barpo etilayotgan ulkan sport majmuasi farzandlarimiz uchun ajoyib tuhfa bo‘ladi. Bu erda yugurish yo‘lakchasi, gandbol, voleybol, basketbol va mini-futbol maydonchalarini o‘z ichiga olgan yopiq sport maneji, suzish havzasi, gimnastika, stol tennisi, boks, og‘ir atletika, kurashga mo‘ljallangan zallar, bag‘riga minglab tomoshabin sig‘dira oladigan chim xokkeyi o‘yingohi foydalanishga   topshiriladi.
Sportni qo‘llab-quvvatlash tadbirlari uning ommaviyligini ta’minlash, iqtidorli yosh sportchilarning mahoratlarini oshishiga olib kelmoqda. Natijada o‘tgan yil mamlakat va jahon miqyosidagi musobaqalarda viloyatimizning 285 nafar navqiron sportchilari sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar.
Bugun ulkan bunyodkorliklar, obodonlashtirishlar natijasida so‘lim dam olish maskaniga aylangan "Yoshlar ko‘li" ham o‘g‘il-qizlarimiz ixtiyorida bo‘lib, bu erda sport, madaniy tadbirlar izchil tashkil etilmoqda.
Voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilishining oldini olishga qaratilgan qator dasturlar ishlab chiqdilar va ularning bajarilishini muntazam o‘rganib bormoqdalar. Joriy yilning xisobot davrida voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar yig‘ilishlarida mavzuga tegishli to‘plangan ma’muriy huquqbuzarlikka oid 272 ta ish atroflicha ko‘rib chiqilib, 60 nafar ota-onaga jamoat tanbehi berildi, 211 nafar ota-ona va o‘smirlar jarimaga tortildi, 106 nafar o‘smir profilaktik hisobga olindi hamda 104 nafar voyaga etmagan shaxslarning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, jamoat tarbiyachilari kuzatuviga topshirildi, 3 nafari esa maxsus o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirildi.
Gohida ayrim ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning mashg‘ulotlarga muntazam qatnashmasligi, bo‘sh vaqtlarini "Internet kafe"larda, kompyuterxonalarda o‘tkazish holatlari uchraydi. Natijada ular ustozlari tomonidan berilgan uy vazifalarini vaqtida bajarishmaydi, fanlarni o‘zlashtirishda ham ayrim tengdoshlaridan orqada qolib ketadi. Keyingi paytda voyaga etmaganlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya yig‘ilishida o‘quvchining mashg‘ulotlardagi ishtiroki, maktabdan tashqari bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazayotganligi, oilasidagi muhit kabi bola tarbiyasi uchun muhim bo‘lgan tomonlar chuqur o‘rganilmoqda. Ba’zida ota-onalar farzandlari tarbiyasiga etarli darajada e’tibor qaratishmaydi. Lekin bola o‘quv muassasasidan kelgan paytidan boshlab u ota-ona, oila a’zolari e’tiborida bo‘lishi kerak.
Voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar joylarda ham har qanday jinoyatning oldini olish, huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun dasturlar belgilab, ana shu asosda uning a’zolari bevosita ta’lim muassasalarida, istiqomat joylarida bo‘lib, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilmoqdalar. Ha, gohida bilib-bilmay jinoyat yo‘liga kirib qolgan o‘smirlar ham uchraydi. Ularni tarbiyalash, tarbiyaviy ishlarni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Komissiya a’zolari, ta’lim tizimi xodimlari, mutaxassislar tomonidan shunday o‘smirlar yashayotgan oiladagi muhit yaqinroq o‘rganilib, amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.
Bunda maktab-mahalla-oila hamkorligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bola mashg‘ulotga nega kelmadi? Sababi nimada? Komissiyalar bunday masalalarni jiddiy o‘rganmoqdalar, ota-onalar bilan suhbatlar o‘tkazilayapti. Masalan, 2013-2014 o‘quv yilida dars mashg‘ulotlariga qatnashmagan 515 nafar o‘quvchining ota-onalari ma’muriy javobgarlikka tortildi. Komissiya a’zolari ular bilan suhbatlashishgach ayrim ota-onalarning huquqiy savodxonligini doimo oshirib borish  muhimligi ma’lum bo‘ldi.
Shunisi tashvishliki, ba’zi ota-onalarning voyaga etmagan farzandlarini ham chet elga o‘zlari bilan olib ketish holatlari uchramoqda. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi mashg‘ulotlarida qatnashmasdan chetga chiqib ketgan ana shunday o‘quvchilar o‘qishga qaytarilmoqda. Va ularning ota-onalari ham o‘z xatolarini tushunib etmoqdalar. Axir bu bolalar bugun kasb-hunar kollejlarimizning zamonaviy uslubda qad rostlagan binolarining o‘quv xonalarida, laboratoriya xonalarida tahsil olishlari kerak-ku. O‘quv mashg‘ulotlariga muntazam qatnashayotgan yoshlarning esa yutuqlari ko‘payaverdi. Shuni ta’kidlash kerakki, ko‘pgina yoshlar kollejlarda o‘qib yurgan paytidayoq tadbirkorlik bo‘yicha biznes rejalarini tuzib, hatto tadbirkorlik faoliyatini va ilmiy izlanishlarni ham boshlamoqdalar.
Yaqinda viloyat hokimligida "Hokim va yoshlar" shiori ostida o‘tkazilgan uchrashuvida bir qator kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari o‘zlarining biznes rejalari, istiqbolli loyihalari to‘g‘risida so‘zlab berishdi. Shu erning o‘zida tijorat banklariga, tegishli tashkilotlarning rahbarlariga ularni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Va biz uning natijalarini doimo nazorat qilib boramiz.
Qolaversa, kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika vositalari yildan yilga mustahkamlanmoqda. Masalan, 9 ta kasb-hunar kollejiga "Rareg imrex" MChJ tomonidan 112 946 400 so‘mlik 9 to‘plamdagi zamonaviy tikuv mashinalari etkazib berildi. Bundan tashqari 367,22 mln.so‘mga 11 ta kompyuter sinfi, 120 mln. so‘mga turli rusumdagi avtomashina, 291,3 mln.so‘mlik "Duradgorlik" dastgohlari, 100,6 mln. so‘mga avtomobil sanoati bo‘yicha uskuna va laboratoriya jihozlari hamda 67 mln.so‘mlik 4 ta "Chilangarlik" jihozlari kompleksi va boshqa texnik jihozlari kasb-xunar kollejlarining bazasini mustahkamlashga yo‘naltirildi.
O‘quv jarayonlariga ilg‘or pedagogik va axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, darslik va qo‘llanmalarning yangi avlodini yaratish, malakali murabbiy kadrlar bilan ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli tadbirlar davom ettirilmoqda. Shu maqsadda kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga 2014 yilning birinchi choragida 2,31 milliard so‘m imtiyozli bank kreditlari ajratildi. Yilning o‘tgan davrida viloyatimiz bo‘yicha 5 mingdan ziyod yosh ish bilan ta’minlandi. Shuning bilan birga yoshlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan ipoteka hamda yosh oilalar uchun maishiy texnika uskunalarini sotib olish imkonini beradigan maxsus imtiyozli kreditlar ajratish tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan.
Komissiya faoliyatida asosiy e’tibor voyaga etmagan nogironlar va ota-ona qarovidan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan. Kasalmand bolalarni sog‘lomlashtirish ishlari bilan birga ularning fan sirlarini o‘rganishi, iste’dodini namoyon qilishi uchun sharoitlar mavjud. Shu yilning o‘tgan davri mobaynida ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan oila farzandlariga 1318,6 million so‘mdan ko‘proq moddiy yordam ko‘rsatildi. Sog‘lig‘ida nuqsoni bo‘lgan 6132 nafar nogiron boladan 4897 nafariga ta’lim-tarbiya olishlari uchun sharoit yaratib berildi. 565 nafari maxsus maktab-internatlariga joylashtirilib, 825 nafarining yakka holda uylarida malakali mutaxassislardan ta’lim-tarbiya olishlari yo‘lga qo‘yildi.
Bunday bolalarga yilning o‘tgan davri mobaynida 3457,9 mln. so‘m miqdorida nafaqa pullari to‘landi, 1235 nafari moddiy qo‘llab-quvvatlandi. Yordam miqdori 11,5 mln. so‘mga teng bo‘ldi.
O‘quvchi-yoshlarning salomatligini muhofaza qilish kundalik diqqat-markazda bo‘layapti. Har oyda o‘tkazilayotgan "Salomatlik haftaliklari" doirasida respublikamizning malakali, tajribali tibbiyot xodimlari mahalliy mutaxassislar bilan birgalikda shahar va tumanlarimizda, chekka qishloqlarda bo‘lib, balog‘atga etmagan bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqdalar. Har bir bolaning sog‘ligi muttasil nazoratga olingan, ular orasida davolash va reabilitatsiya tadbirlari olib borish tizimi joriy qilingan. Masalan, o‘tgan yil turli kasalliklarga chalingan bolalar va o‘smirlarning 71 foizi sog‘lomlashtirildi. Bolalar uchun ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarining moddiy bazalari muttasil mustahkamlanmokda. Bularda ishlayotgan mutaxassislarning malakalarini oshirish, yangi tibbiy texnologiyalarni faoliyatga joriy qilishga ham katta e’tibor qaratilmokda.
“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturidan ushbu yilda bolalar, o‘smirlar, ular ota-onalarining tibbiy bilimlarini oshirish, ayniqsa sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida belgilangan tadbirlar keng o‘rin olib, ular izchil bajarilmoqda. Yil davomida “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” aktsiyasi, “Biz buyuk yurt farzandlarimiz”, “Istiqlol yulduzlari”, “Yurt istiqboli”, “Giyohvandlikka qarshi kurashamiz”, “Eng ko‘p o‘qiydigan oila”, “Orasta qizlar” kabi ko‘plab tadbirlarning o‘tkazilishi ham bolalarda yuksak fazilatlarni shakllantirib borishda alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan, bugun komissiya a’zolari xotin-qizlar qo‘mitalari, “Mahalla” jamoat fondi, “Kamolot” YoIH shahar tuman kengashlari, tibbiyot hodimlar bilan birgalikda erta turmush qurishning oldini olishga qaratilgan ma’rifiy, targ‘ibot, tushuntirish ishlarini olib bormoqdalar. Ta’lim muassasalarida, mahallalarda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari bilan uchrashuvlarda mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan beqiyos imkoniyatlar to‘g‘risida faxr-iftixor bilan so‘z yuritilmoqda. Ha, bugun iste’dodli yoshlarning yutuqlari qalblarga quvonch bag‘ishlaydi. Komissiya tomonidan tashkil etilayotgan har bir tadbir o‘quvchilar, o‘smirlarning barkamol  voyaga etishiga qaratilgan.
Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch” asarida “Ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilmu ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan”, deya qayd etiladi. Ana shundan kelib chiqib, farzandlarimizni komil inson qilib voyaga etkazish uchun tlmim-tarbiya ishlarini yuksak darajada tashkil etish, bu ezgu, xayrli ishlarda barchaning faol ishtirok qilishi davr talabidir.

“Xorazm xaqiqati” 2014 yil 3 may № 35 (19069)