Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



YOSHLARGA MEHRIBON EDILAR
06.09.2016

YOSHLARGA MEHRIBON EDILAR

 

Prezidentmiz Islom Abdug‘anievich Karimovning vafoti barchamizni, ayniqsa, yoshlarimiz qalbini chuqur qayg‘uga soldi. Yurtboshimizning yosh avlodga e’tibori benihoya katta edi.

 

 

 

 

Har gal jondan aziz Vatanimizning taqdiri, kelajagimiz bo‘lgan butun unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodga, uning jismoniy va ma’naviy barkamolligiga bog‘liq ekanligini ishonch bilan ta’kidlar edilar. Mustaqillikning ilk yillaridanoq xalq ta’limi tizimi rivojiga alohida e’tibor qaratdilar. Prezidentimiz rahnamoligida "Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning hayotga tatbiq etilishi ham bevosita yoshlar kamoloti bilan bog‘liq ekanligi xalqimizga ayon.

 

"Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart!” degan edilar muhtaram Yurtboshimiz. Buning uchun esa mamlakatimizda barcha sharoitlar yaratilishiga o‘zlari bosh bo‘ldilar. Farzandlarimizning puxta bilim olishlari, kasb-hunar o‘rganishlari uchun muhtasham o‘quv binolari maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, aka­demik litsey, kasb-hunar kollejpari qad rostladi. Ularning moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi. O‘quvchilar zamonaviy kompyuterlarda savodxonligini, dunyoqarashini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Har bir bilim va kasb-hunar dargohi o‘z zamonaviy axborot-resurs markaziga ega bo‘ldi. Bugun istiqlol sharofati bilan yoshlarimiz dunyoning turli mamlakatlarida bilim olish imkoniyatidan baxramandlar.

 

Prezidentimiz ishonchini oqlab, ilm-fanda, madaniyat va ma’naviyatda, sportda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritayotgan yoshla­rimiz bundan keyin ham millatimiz dovrug‘ini oshirishga hissa qo‘shib, o‘z sa’y-harakatlari, g‘alabalari bilan Yurtboshimiz g‘oyalariga sodiq qoladilar. Vatanimizning yanada gullab-yashnashiga hissa qo‘shib, uning ruhini shod qiladilar.

 

Davlatyor RAHIMOV,

 O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi.

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2016 yil 4 sentyabr, №72.