Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI — AMALDA
12.11.2014

Xorazmda “Yangi nigoh” videoroliklar tanlovi sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tanlov davlatimiz rahbarining joriy yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, uning maqsadi yoshlar turizmini rivojlantirish, tuman va shaharlarning sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilishdan iborat.
Marosimda “O‘zbekistonning turizm salohiyatini namoyon etgan eng yaxshi videorolik”,   “O‘zbekistonning ekoturizm salohiyatini namoyon etgan eng yaxshi videorolik”, “Milliy qadriyat va urf-odatlarni targ‘ib etishga qaratilgan eng yaxshi videorolik”, “Videorolik stsenariysi uchun eng yaxshi g‘oya”, “O‘zbekistonning muxofaza etiladigan tabiiy hududlari to‘g‘isidagi eng yaxshi videorolik” nominatsiyalari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan yoshlarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
- Xalqimiz boy ilmiy-ma’naviy hamda nomoddiy merosga ega, - deydi “Milliy qadriyat va urf-odatlarni targ‘ib etishga qaratilgan eng yaxshi videorolik” nominatsiyasi g‘olibi, xorazmlik yosh ijodkor Dilnoza Mavlonova. - Bularning barchasi biz, yigit-qizlarning milliy ananalar ruhida kamol topishimizda muhim omildir. Shu bois ularni asrab-avaylashga o‘z hissamizni qo‘shishga harakat qilayapmiz.
Ishtirokchilar viloyatdagi tarixiy obidalar, amalga oshirilayotgan ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, xususan, Urganch temir yo‘l vokzali, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali, Urganch xalqaro aeroporti, Shovot kanali sohilidagi xiyobon va “Yoshlar ko‘li” kabi yangi barpo etilgan obektlar bilan tanishdilar.
Tanlov doirasida “Qadriyat, urf-odat, an’ana va yoshlar” shiori ostida milliy o‘yinlar, liboslar, musiqa va taomlar festivallari tashkil etildi.
Yosh ijodkorlar uchrashuvida Xorazm viloyati hokimi P.Bobojonov qatnashdi.

Oybek RAHIMOV
 “Xalq so‘zi” 12 Noyabr, 2014 yil № 219 (6149)