Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Yoshlarga oid davlat siyosati amalda
30.01.2016

 

   O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan 2015 yildagi chora-tadbirlar Dasturi doirasida tadbirlarda Xorazm viloyatidan 430 mingdan ortiq yoshlar ishtirok etdi.
   Ayniqsa Dasturning yoshlar huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish yo‘nalishi keng quloch yoydi.
   Jumladan, tadbirlar asosida umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida "Huquq bilimdonlari”, akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilari o‘rtasida "Siz qonunni bilasizmi?”, oliy ta’lim muassasasi talabalari o‘rtasida "Tafakkur sinovlari” va "Talabalar bahori” festivali, Konstitutsiyaning 23 yilligi munosabati bilan barcha hududlarda "Huquqiy savodxonlik oyligi” hamda internet tarmog‘ida "Parlamentarizm bilimdoni” on-layn tanlovi kabi yoshlarning ijtimoiy faolligi va huquqiy ongini o‘stirishga qaratilgan loyihalarda yoshlar faol qatnashdilar.
   Bulib o‘gan muloqotlar, fikr olishuvlar natijasiga ko‘ra "O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasiga takliflar berildi.
   Shuningdek, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega bo‘lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish, yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratish, yoshlarni ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish,  voyaga etmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishini oldini olish, barkamol avlodni tarbiyalashda ommaviy axborot vositalari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, ularni sog‘lom e’tiqod va milliy qadriyatlarga sodiqlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo hamjihatlik ruhida tarbiyalash  yo‘nalishlarida keng ko‘lamli tadbirlar olib borildi. 
   Ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarni diniy ekstremizm va missionerlik g‘oyalarini fosh etuvchi adabiyotlar, filmlar va targ‘ibot materiallari bilan ta’minlash maqsadida Toshkent islom universiteti va "Ziyo” studiyasi tomonidan tayyorlangan maxsus adabiyotlar, filmlar va targ‘ibot bukletlari bosma va elektron shakllarda tayyorlanib, hududlarga etkazildi.
 
Viloyat hokimligining Axborot xizmati