Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



YOSHLIK, DO‘STLIK, ISTE’DOD BAYRAMI
14.06.2015

“Biz - buyuk yurt farzandlarimiz!” shiori ostidagi yoshlar festivali viloyatimizda katta ko‘tarinkilik bilan o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlangan yoshlar festivali yoshlik, do‘stlik, ijod, iste’dod bayrami bo‘lib, unda viloyatimiz yoshlari faol ishtirok qildilar. Festival doirasida o‘tkazilgan tadbirlarda O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Deputatlari, fan, madaniyat, san’at namoyandalari, mashxur sportchilar, iste’dod egalari, keng jamoatchilik vakillari qatnashdilar.
Festival oldidan viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida “Kamolot” YOIX Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari F.Muxammadjonova festival kunlari tashkil qilinadigan tadbirlar, ularning mavzulari, ishtirokchilari haqida batafsil to‘xtaldi va jurnalistlarni qiziqtirayotgan savollarga javoblar berdi.
Festivalning har bir kuni unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.
Festival doirasida yoshlar o‘rtasida “Erta nikox va uning oldini olish”, “Deputat va yoshlar”, “Xokim va yoshlar”, “Siz sevgan qaxramonlar”, “Xech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin”, “Odam savdosi - davr muammosi”, “Vijdonli sotuvchi” va boshqa qator loyixalar asosida ma’naviy, ma’rifiy, madaniy, adabiy-badiiy tadbirlar viloyatimizning shahar va tumanlarida tashkil etildi.
Pitnak shahridagi madaniyat uyida “Iqtidor egasi - obod yurt ertasi” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda yoshlar yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan yaratuvchiliklar, bunyodkorliklarni faxr-iftixor bilan so‘zlab, yaratilayotgan sharoitlardan mamnunliklarini izhor qildilar.
Bog‘ot tumanidagi Qulonqorabog‘ madaniyat va aholi dam olish maskanida taniqli adiblar, san’atkorlarni qishloq yoshlari quvonch bilan kutib oldilar. “Siz sevgan qaxramonlar” loyihasi bo‘yicha tashkil etilgan ijodiy uchrashuvda qatnashgan taniqli aktyor Abduxalil Mignarev keyingi yillarda yanada obod ,bo‘layotgan shahar va qishloqlar, aholining maroqli hordiq chiqarish uchun barpo etilgan ushbu markazdagi shart-sharoitlarni quvonch bilan ta’kidladi. Tadbir jarayonida qishloq yoshlari ham o‘z iste’dodlarini namoyon qilishdi.
- Biz bilan birga qo‘shiq kuylab, raqsga tushgan o‘g‘il-qizlarning iqtidorini ko‘rib yanada xursand bo‘ldik, - deydi yosh aktrisa Asal Shodieva.
“Deputat va yoshlar” mavzuida yoshlarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va halq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining deputatlari bilan uchrashuvlari yanada ta’sirchan, foydali bo‘ldi.
O‘zbekistan Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari - Jumanazar Otajonov, Quvondiq Jumaniyozov parlament faoliyati, qabul qilinayotgan qonunlar to‘g‘risida atroflicha gapirib berishdi. O‘zaro muloqotlarda yoshlar o‘zlari qiziqqan savollarga javoblar olishdi.
Shuningdek, “Xokim va yoshlar” deb nomlangan uchrashuvlarda shahar, tuman hokimlari ijtimoiy-iqtisodiy soxalarda amalga oshirilayotgan isloxotlar va ularning natijalari, shuningdek, hududlardagi qurilishlar, obodonlashtirish ishlariga aloxida to‘xtaldilar. Ayniqsa, kasb-hunar kollejlarining, oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari uchun yangi ish o‘rinlari yaratilayotganligi, barcha mutaxassisliklar bo‘yicha imkoniyatlar mavjudligini qayd etishdi.
Ayniqsa iste’dodli yoshlarning istiqbolli tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanilayotganligi, ularning yutuqlari aniq misollarda ko‘rsatib o‘tildi.
Barcha shahar va tumanlarda “Yoshlar o‘rtasida erta nikox va uning oldini olish” loyihasi asosida o‘tkazilgan tadbirda soxa olimlari, shifokorlar, faxriy onaxonlar erta turmush qurish va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari, ayniqsa uning bo‘lajak farzandlar salomatligiga zarari haqida ko‘rgazmali vositalardan foydalangan tarzda suxbatlar olib borishdi.
“Odam savdosi - davr muammosi” mavzusidagi tadbirlarda o‘z yurtida ishlash, kasb o‘rganish uchun sharoitlar bo‘la turib, ayrim yoshlarning kimlarningdir va’dalariga uchib, “Mo‘may pul, daromad topaman” deb chet davlatlarga ketib, sarson-sargardon bo‘lib yurganliklari achinarli ekanligi, xatto ayrimlar, kecha-yu kunduz mexnat qilib, ishlaganligi uchun xaq ololmay yurganligi afsus bilan qayd etildi. “Birovlarning yolg‘on va’dalariga ishonmang, aldanmang!” deyildi, qayta va qayta suxbatlar davomida. 2015 yil – “Keksalarni e’zozlash yili” munosabati bilan qator tadbirlar tashkil etildi. Festival ishtirokchilari Xonqa tumani tibbiyot birlashmasi “XOSPIS” bo‘limida, Xiva tumanidagi “Muruvvat uyi”da bo‘lishdi. Bu yerda keksalar sog‘liqlarini mustahkamlash, yaxshi yashashi uchun
sharoitlar mavjud ekanligini onaxon, otaxonlar shukronalik bilan ta’kidlashdi. Yoshlar ular bilan suhbatlashib, she’r, qo‘shiqlar aytib berishdi va ularga sovg‘alar topshirildi.
Festival bir qancha rang-barang madaniy tadbirlarga ulandi. Xivadagi 20-son “Mexribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari tadbir qatnashchilarini shodon kutib olishdi.
-Bu yerda tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoit, bolajonlarning qobiliyati, murabbiy va tarbiyachilarning mehribonligini ko‘rib to‘lqinlanib ketdim. O‘g‘il-qizlar mehr va beqiyos g‘amxo‘rlik quchog‘ida ulg‘ayishmoqda, - deydi taniqli hofiz Sobirjon Mo‘minov. - Ulardan kelajakda mashhur san’atkorlar, ijodkorlar ham etishib chiqadi, albatta.
Festival kunlari yosh ijodkor, aktyor Alisher Uzoqovning voha yigit-qizlari bilan uchrashuvlari yanada maroqli bo‘ldi. Tadbir doirasida “Kuzda gullagan daraxt” nomli kinofilm namoyish etildi.
Shuningdek, festival qatnashchilari “Vijdonli sotuvchi” loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasining “Alkogol va tamaki maxsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish maqsadida joylarda aktsiyalar o‘tkazishdi va bu o‘zining ijobiy natijasini berdi.
Festival kunlari uning ishtirokchilari viloyat markazidagi “Yoshlik” ko‘chasida joylashgan sport majmuasida bo‘lib, o‘zlarining g‘ayrat va quvonchlarini sevinch bilan qayd etdilar.
- Men ko‘p chet davlatlarda bo‘lganman, musobaqalarda qatnashganman. Ko‘plagan sport inshootlarini ko‘rganman. Ammo, Xorazm viloyatidagi ushbu sport majmuasini ko‘rib yurak-yurakdan quvondim. Bu yerda bir vaqtning o‘zida 20 ta to‘garakda mashg‘ulotlarni olib borish mumkin ekan. To‘g‘risi g‘ayratim cheksiz, - deydi taniqli sport ustasi Zamira Sanoqulova.
- Xorazmlik yoshlarning keng qirrali iste’dodi festival kunlari yanada yorqin namoyon bo‘ldi. Men o‘zimning bu xaqdagi fikrlarimni O‘zbekiston Qaxramoni, fidoyi muallim Anorjon Maxmudova bilan bo‘lgan suxbatda alohida ta’kidladim. Ana o‘shanda ustoz o‘zining o‘quvchilari misolida quvonarli yutuqlaridan so‘zlab berdi, - deydi kino va teatr aktyori Mirza Azizov.
Yoshlar festivalining yakuniy qismi Urganch shahridagi “Avesto” bog‘-majmuasida bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirok qilgan viloyat hokimi P.Bobojonov barchani yoshlik, do‘stlik, iqtidor bayrami bo‘lgan festival bilan qutladi. Yurtimiz yoshlariga bilim, iste’dodini keng namoyon qilishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar va ulardan oqilona foydalanayotgan o‘quvchilar, yigit- qizlarning yutuqlariga to‘xtaldi.
Yil davomida “Kamolot” YOIX tomonidan tashkil etilgan targ‘ibot tadbirlarining faol ishtirokchilari – “Yoshlar bilan ishlashda eng faol shahar, tuman hokimi”, “Tadbirlarni sifatli tashkil etgan “Kamolot” YOIX tuman, shahar Kengashi”, “Eng faol xotin-qizlar qo‘mitasi” va boshqa qator nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, taqdirlandilar.
Yoshlar festivali taniqli san’at yulduzlari, iste’dodli yoshlar tomonidan tayyorlangan musiqali dastur bilan yakunlandi.

(O‘z muxbirimiz).
“Xorazm haqiqati” 2015 yil 13 iyun №47 (19185)