Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



YOZGI DAM OLISH MAROQLI O‘TADI
20.03.2015

Viloyat hokimligida yozgi ta’til davrida o‘quvchilarning yozgi dam olish tadbirlarini tashkillashtirishga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni viloyat hokimi P.Bobojonov boshqarib bordi. 
Unda 2015 yil da bolalarning yozgi dam olish  mavsumini muvaffaqiyatli o‘tkazish borasida ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi. 
Yana ikki oydan so‘ng o‘quvchilarning yozgi ta’til kunlari boshlanadi. Navbatdagi yoz mavsumiga tayyorgarlik aynan hozirdan boshlanishi ham bolalarning ta’til kunlarini yanada mazmunli o‘tkazish imkonini beradi.
Yig‘ilishda 2014 yil yoz mavsumida viloyatdagi 36 ta oromgohda bolalarning dam olishini va sog‘lomlantirilishini tashkil etish ishlari viloyat muvofiqlashtiruvchi va ishchi guruhlari tomonidan tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilganligi, bu oromgohlarda 11 ming 232 nafar bola maroqli dam olganligi aniq misollar asosida qayd etildi. Mavsum davomida oromgohlarda madaniy, ma’rifiy, sport tadbirlari o‘tkazildi. Taniqli adabiyot, san’at namoyandalari, sport yulduzlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar o‘quvchilarda chuqur taassurotlar qoldirdi...
O‘tgan yozgi mavsumda kam ta’minlangan, ko‘p bolali oilalarning farzandlaridan 1250 nafar bola Toshkent viloyatidagi oromgoxlarda, Qashqadaryo viloyatidagi “Lochin” oromgohida 250 nafar bola dam oldi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi raisi R.Jabborov 2015 yilning yozgi mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlantirishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berdi.



Viloyat hokimligining Axborot xizmati