Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



YUQORI NATIJALARGA ERISHILDI
22.01.2016

Xorazm viloyatida ham 2015 yilda iqtisodiy dasturning belgilangan asosiy ko‘rsatkichlari bajarilgan. Ta’kidlash joizki, hisobot davrida yalpi hududiy mahsulot 10,1 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 21,9 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 5,9 foizga, qurilish ishlari hajmi 13,2 foizga, chakana savdo aylanmasi 12,5 foizga, jami xizmatlar 13,4 foizga o‘sishiga erishilgan.

2015 yilda sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalariga jami 559mlrd.so‘m miqdoridagi investitsiyalar jalb qilish hisobiga 1725 ta loyiha to‘liq amalga oshirilgan hamda 11,6 mingta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoat salohiyatini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan o‘tgan 3 yil davomida 308,5 mln. dollar investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirilishi hisobiga 432 ta sanoat korxonasi o‘z faoliyatini boshladi. Natijada, sanoat sohasida 2015 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2,4 trln. so‘mga yetkazilib, ushbu ko‘rsatkich 2012 yilga nisbatan 2,1 martaga oshgan.

Bugungi kunda viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining mashinasozlik va metallni qayta ishlash sohasiga 31,0 foizi, engil sanoat sohasiga 27,2 foizi, oziq-ovqat sanoati tarmog‘iga 17,7 foizi va boshqa tarmoqlarga 16,6 foizi to‘g‘ri keladi.

Hududiy investitsiya dasturi doirasida jami 25 mln. dollar , shundan 15,8 mln. dollar miqdoridagi mablag‘ to‘g‘ridan- to‘g‘ri investitsiya shaklida jalb etilib, 14 ta loyiha ishga tushirilgan.

Xususan, Shovot tumanidagi "Shovot tekstil" qo‘shma korxonasiga Janubiy Koreya va Shveytsariyadan 14,3 mln. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb etildi va ip-kalava ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilib, 6,1 mln. dollarlik mahsulotlar eksport qilindi.

Hududiy eksport dasturiga asosan 2015 yilda jami 45,7 mln. dollarlik mahsulot chet ellik xaridorlarga yetkazib berilib, 2014 yilga nisbatan o‘sish 3,3 barobarni tashkil etdi. Hisobot davrida 12 ta yangi korxona eksport faoliyatiga jalb etildi va ular tomonidan 2,2 mln. dollarlik mahsulot va xizmatlar eksport qilindi. Shuningdek, Rossiya va Qozog‘iston davlatlarida 5 ta yangi savdo uylari tashkil etildi. 2015 yil davomida 862 ming dollarlik 3 ta yangi turdagi mahsulotlar eksporti o‘zlashtirildi.

Viloyatda 2015 yili qishloq xo‘jaligida ham ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi. Dehqon va fermierlarimiz 224 ming tonna g‘alla va 264 ming tonnadan ortiq paxta hosili etishtirdilar. Bu 2014yilga nisbatan 500 tonna g‘alla va 6,6 ming tonna paxta hosili ko‘p olindi, deganidir.

Viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklarining 1 ming 390 tasi ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga aylantirilgan. O‘tgan yillarda 31,3 mlrd. so‘m hisobiga 1,6 ming km uzunlikdagi kollektorlarda meliorativ tadbirlar o‘tkazilib, 26,1 ming gektar yerda yer osti suvlari sathi pasayishiga va kuchli sho‘rlangan yer maydonlarining 32,3 ming gektardan 31,9 ming gektargacha kamayishiga erishilgan.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan jami 3ming 820 tonnadan ortiq sig‘imga ega 14 ta zamonaviy sovutkichli omborxona va kameralar qurilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 apreldagi PQ-2340-son qaroriga asosan viloyatda ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan 50 ta davlat aktivlari va ulushlaridan 36 tasi sotilib, 10 ta korxonalarning ulushlari hamda aktivlari savdoga chiqarilgan. Shuningdek, 30 ta davlat ob’ektlari 16,9 milliard so‘m investitsiya kiritish va 685 ta yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan "nol” qiymatida berilgan.

Bundan tashqari, buzishdan bo‘shagan 26 ta davlat ob’ektlari 970 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish va 25,6 mlrd.so‘mlik investitsiyalar kiritish sharti bilan tadbirkorlik sub’ektlariga ajratib berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida aktsiyadorlik jamiyatlarida yangi namunali boshkaruv strukturasini joriy etish bo‘yicha reja-jadval ishlab chiqilib, viloyatdagi 30 ta aktsiyadorlik jamiyatlarining barchasida aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishlari o‘tkazildi va tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, jamiyatlarning tashkiliy tuzilmalari tasdiqlangan.

Bundan tashqari, ustav fondida davlat ulushi mavjud bo‘lgan aktsiyadorlik jamiyatlarining rahbarlari tarkibi 2015 yil 26 avgust kunida attestatsiyadan o‘tkazilib, 45 nafar rahbarlar attestatsiyadan o‘tib, shundan 16 nafari egallab turgan lavozimlariga loyiq deb topilgan.

2015 yilda viloyat iqtisodiyot tarmoqlariga jami 1,4 trln. so‘m miqdorida investitsiya mablag‘lari jalb qilingan. Ushbu mablag‘ning 42,8 foizi, ya’ni 600 mlrd. so‘mi ishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirilgan. Jalb qilingan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 117 mlrd. so‘mni, shundan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 5,5 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

Hukumat kafolati ostida ajratilayotgan mablag‘lar va imtiyozli kreditlar hisobidan qishloq joylarida namunaviy loyihalar asosida uy – joylar qurishga o‘tgan yilda jami 146,0 mlrd.so‘mga yaqin mablag‘ sarflandi. 22 ta massivda 865 ta turar joy qurilib, egalariga topshirildi. Bu massivlarda 19 ta bozor infratuzilma ob’ektlari qurib ishga tushirilgan.

O‘tgan 2015 yilda viloyatda tashqi muhandislik va infratuzilma ob’ektlari, jumladan, 89 km uzunlikdagi elektr tamoqlari, suv va tabiiy gaz ta’minoti borasida mos ravishda 115 km va 32 km tarmoqlar yangidan qurildi va rekonstruktsiya qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2137-son qaroriga muvofiq hududlarda pudrat tashkilotlarini rivojlantirish va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hisobiga viloyatda yildan-yilga pudrat ishlari hajmi o‘rtacha 13-15 foizga o‘smoqda. Mazkur qarorga muvofiq 2015 yilda 3 ta ixtisoslashtirilgan yirik korxonalarni tashkil qilinib, ushbu pudrat tashkilotlari qurilish Reestriga kiritilgan.

Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfini qisqartirish, energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etish Dasturiga asosan viloyatda 2015 yilda 74 ta xalq ta’limi muassasalaridagi 236 ta, 24 ta sog‘liqni saqlash muassasalaridagi
37 ta isitish qozonlari energiya tejamkor qozonlarga almashtirilgan. Suv xo‘jaligi tashkilotlari nasos stantsiyalarida 27 ta elektr dvigatellari almashtirildi.

Shuningdek, 806,5 ming dona cho‘g‘lanma lampalar energiya tejamkor elektr yoritgichlarga almashtirilgan.

2015 yilda 3,1 mln. kVt.soat elektr energiya va 1,0 mln. metr kub tabiiy gaz tejashga erishilgan.

2015 yilda viloyatda tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga 494 mlrd. so‘m yoki 2014 yilga nisbatan 118 mlrd. so‘m ko‘p kreditlar ajratilgan.

Yalpi hududiy mahsulotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 2000 yildagi 34,2 foizdan bugun 74,1 foizgacha, sanoat mahsuloti ishlab chiqarishda esa 24,0 foizdan 35,3 foizgacha o‘sgan.

Shu bilan birga viloyat aholisining tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlari ulushi 2010 yildagi 55,4 foiz o‘rniga 2015 yilda 56,9 foizgacha o‘sgan. Aholi daromadlari ortishi natijasida ichki iste’mol talabi kengaymoqda. Aholining uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar bilan ta’minlanish darajasida ham sifat o‘zgarishlari ro‘y bergan. Xususan, viloyatda har 100 oilaning 41 tasi engil avtomobillar, 38 ta oila shaxsiy kompyuterlarlar mavjud. O‘sish sur’atlari mos ravishda besh yil avvalgidan 2,3 va 9,5 barobarni tashkil etgan.

O‘tgan yilda tasdiqlangan dasturga asosan 747 ta xizmat ko‘rsatish shohobchalari tashkil qilinib, xizmat ko‘rsatish sohasida 4 ming 155 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan 2015 yil yakunlarida aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 13,4 foizga o‘sdi. Yalpi ichki mahsulotdagi xizmatlar ulushi 40,0 foizni tashkil qilgan

Yuqori texnologik xizmatlar qatorida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari eng jadal rivojlanishi hisobiga, bunday xizmatlar oxirgi besh yilda 2 baravarga, hisobot yilida esa 10%ga o‘sdi. Jumladan, 2015 yil boshiga internet tarmog‘idan va "Ziyonet” informatsion resurslaridan foydalanuvchi abonentlar soni 396mingdan ortiqni tashkil etgan.

2015 yilda viloyatda 60,6 mingta ish o‘rni tashkil etilib, shundan 87,0foizi qishloq joylariga to‘g‘ri keladi.

Shu o‘rinda akademik litsey kasb-hunar kollejlari, va oliy ta’lim muassasalarining 24,7 mingdan ortiq bitiruvchisi ishga joylashtirilgan.

Kollej bitiruvchilarining tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun 2015yilda tijorat banklari tomonidan 15,6 mlrd so‘m miqdorida imtiyozli mikrokreditlar ajratilgan. (Bu oldingi yilga nisbatan 3,5 mlrd. so‘m ko‘pdir)

"Keksalarni e’zozlash yili” dasturi doirasida 189 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ sarflanib, reja 103,3% ga bajarilgan.

2015 yilda 527 nafar keksalarimizning uylari joriy va kapital ta’mirlangan. Shuningdek, 1984 nafariga keksalar uchun sihatgoh yo‘llanmalari berildi, 164 nafar ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.


Viloyat hokimligining Axborot xizmati