Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



YURTBOSHIMIZ ISHONCHIGA MUNOSIB BO‘LAMIZ
06.09.2016

YURTBOSHIMIZ ISHONCHIGA MUNOSIB BO‘LAMIZ

 

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlangan "Xotira darslari” Xorazm viloyati ta’lim muassasalarida ham yuksak saviyada o‘tkazildi.

 

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mustaqillik yillarida yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida ulkan islohotlar amalga oshirildi. Mustaqillik yillarida erishgan barcha yutuqlarimiz Yurtboshimiz bilan bog‘liqdir.

 

Istiqlol yillarida, ayniqsa, Prezidenti­miz tomonidan mamlakatimizda ta’lim sohasida izchil ravishda islohotlar amalga oshi­rildi. Prezidentimiz rahnamoligida mamla­katimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ta’lim-tarbiya tizimini zamonaviy xalqaro standartlar bo‘yicha tubdan o‘zgartirishga qaratilgan islohotlar ishlab chiqildi va hayotga joriy etildi. Bu esa ta’lim-tarbiya sifati, samaradorligini har tomonlama oshirdi. Ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarning qobiliyati o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlanib, ular o‘z iste’dodlarini ko‘rik-tanlovlarda, bilimlar bellashuvlarida keng namoyon etib kelmoqdalar. Yurtboshimiz yoshlarning kelajagi yo‘lida doimo g‘amxo‘rlik ko‘rsatib keldilar.

 

Prezidentning 2012 yil 10 dekabrdagi "Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori asosida 1-sinfdan boshlab chet tili o‘rgatila boshlandi. Buning uchun sinf xonalari zamonaviy ta’mirlanib, zarur jihozlar bilan ta’minlandi.

 

Prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan mamlakatimizda 1 oktyabrning - O‘qituvchi va murabbiylar kuni sifatida keng bayram qilinishi, ularning ijtimoiy mavqeini mustahkamlash va mehnatini munosib rag‘batlantirishga qaratilayotgan doimiy g‘amxo‘rlik maktabni chin ma’noda bilim va ma’naviyat maskaniga aylantirishda muhim omil bo‘lmoqda.

 

Ta’lim-tarbiya ishining davr talabi aso­sida yuksak saviyada tashkil etilishi natijasida o‘quvchi-yoshlarning chuqur bilim olib, o‘z iqtidorlarini keng namoyon qilayotganligi quvonarlidir. O‘g‘il-qizlarimiz uchun sinf va amaliyot xonalari barcha zarur o‘quv-texnika vositalari bilan to‘la ta’minlangan. Axborot-resurs markazlari, kutubxonalarning kitob fondi yildan-yilga boyib bormoqda. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi uchun zamonaviy uslubda barcha qulayliklar bilan qad rostlagan sport inshootlari, madaniyat va aholi dam olish markazlari, «Barkamol avlod» bolalar markazlari hammasi o‘quvchilarning sevimli maskaniga aylangan.

 

Bugun qaerda bo‘lmaylik, Prezidentimiz tomonidan farzandlarimiz uchun yaratilgan qulayliklarni barcha joyda aniq-ravshan ko‘rish mumkin. Bundan barcha mamnun bo‘lib, chuqur minnatdorchiligini bildirmoqda.

 

Viloyatimiz ta’lim muassasalarida bo‘lib o‘tgan «Xotira darslari»da Prezident Islom Karimovning Vatanimiz mustaqilligi, xalqimiz ozodligi yo‘lida ko‘rsatgan fidoyiligi va aholi turmush farovonligini yuksaltirishdagi, yoshlarning iste’dodini qo‘llab-quvvatlash borasidagi buyuk xizmatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Buyuk davlat arbobining faoliyati haqida videolavha namoyish etildi.

 

Urganch tumanidagi 45-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatida o‘tkazilgan ilk mashg‘ulot - «Xotira darslari»da ham Prezidentimiz rahnamoligida yurtimizda o‘tgan chorak asr davomida amalga oshirilgan buyuk ishlar videolavhalar orqali ko‘rsatib berildi.

 

Mashg‘ulotda ishtirok qilgan viloyat hokimi P.Bobojonov muhtaram Prezidentimiz rahna­moligida yigirma besh yil davomida hayotimizning barcha jabhalarida olib borilgan buyuk o‘zgarishlar, bunyodkorliklar, shu jumladan, Xorazm viloyati ijtimoiy-iqtisodiy sohalaridagi ulkan o‘zgaryshlarni amalga oshirishda Yurtboshimizning beqiyos amaliy yordamlariga alohida to‘xtaldi.

 

Mashg‘ulot davomida so‘zga chiqqan 45-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internati direktori,  «Do‘stlik» ordeni sohibi Egambergan Qozoqov o‘quv dargohida ta’lim-tarbiya ishlarini yuksak darajada tashkil etish va uning ijobiy samaralarini o‘qituvchi va o‘quvchilarning erishayotgan yutuqlari orqali aniq misollarda gapirib berdi.

 

- Xalqimizning istiqlol yillarida erishgan barcha yutuq va marralari mamlakatimizning Birinchi Prezidenti nomi va faoliyati bilan bog‘liq, - deydi Egambergan Qozoqov. - Bu ulug‘ insonning mustaqil O‘zbekiston tarixida tutgan o‘rni haqida yoshlarga keng tushuncha berish, porloq xotirasi oldida ta’zim bajo keltirish burchimizdir.

 

Mamlakatimiz, butun xalqimiz dono Yo‘lboshchisini yo‘qotganidan chuqur qayg‘uda. Ayniqsa, yoshlarimiz davlatimiz rahbarining o‘zlariga ko‘rsatgan otalarcha mehribonligi va g‘amxo‘rligini minnatdorlik bilan yodga olmoqda.

 

- Prezidentimizning yorqin siymosi bir umr qalblarimizda yashaydi. Yoshlar baxtu kamoli yo‘lida Yurtboshimiz olib borgan ul­kan o‘zgarishlarni "Xotira darslari”da yana­da chuqur angladik. O‘zbekiston - yoshlar mamlakati, o‘qishimiz, kasb-hunar egallashimiz uchun barcha sharoitlar muhayyo. Biz Prezidentimiz bildirgan yuksak ishonchga munosib bo‘lish, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida fidokorona xizmat qilishga va’da beramiz, - deyishdi mashg‘ulot davomida o‘quvchilar.

 

* * *

 

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlangan "Xotira darslari” viloyatimizning barcha ta’lim muassasalari­da yuksak saviyada o‘tkazildi.

 

 

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2016 yil 4 sentabr, №72.