Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



ZAMON BILAN HAMNAFAS
06.11.2018

Xonqalik tadbirkorlar innovatsion texnologiyalardan nafaqat dehqonchilikda, balki chorvachilik va parrandachilikda ham samarali foydalanishmoqda. Parrandalar uchun omuxta em tayyorlash va tuxum etishtirishda respublikada o‘z o‘rniga ega bo‘lgan MCHJ shaklidagi «FeedGran» agrosanoat kompleksi ham Gollandiyada ishlab chiqarilgan so‘nggi rusumdagi texnologiyalar bilan jihozlangan.Ushbu zamonaviy texnologiya aniq ishlashi bilan ajralib turadi. Asosiysi, havo almashinuvi bir maromda bo‘ladi. Jamiyatda tovuqlarga suv va ozuqa etkazib berish, olinayotgan tuxumlarni yig‘ishtirib olish va sanash, omborga etkazish jarayonlari to‘liq kompyuterlashtirilgan. Tuxum konveyer usulida yig‘ib, qadoqlanadi. Tovuqxonadagi barcha jarayon operator tomonidan boshqarilishining o‘ziyoq mazkur zamonaviy texnologiyaning imkoniyatlari qay darajada ekanidan dalolat.
Hozirda xo‘jalikdagi uchta tovuqxonada 400 mingta tovuq parvarishlanmoqda. Bu erda kuniga o‘rtacha 200-250 ming dona tuxum etishtirilmoqda. Mahsulot nafaqat vohamiz, balki barcha viloyatlarga hamda qo‘shni davlatlarga ham eksport qilinayotir. -O‘tgan yilning boshida qo‘shni Afg‘oniston korxonalari bilan shartnoma imzoladik, - deydi jamiyat rahbari Ro‘ziboy Bekmetov. - Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida "Made in Uzbekistan" yorlig‘i bilan 409 ming AQSH dollari miqdoridagi tuxum eksport qilindi. Tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarni kataklarda saqlash erda boqishga nisbatan katak uskunasining turiga qarab bir necha barobar ko‘p parrandalar boqish imkonini beradi. Bunday parvarishlash vaqtni, ozuqa sarfini tejaydi va tuxum sifatini yaxshilaydi. Shu bilan birga, tovuqlarni suv bilan taominlashda zamonaviy suv ichish tizimidan foydalanish qimmatbaho veterinariya preparatlarini suv bilan birga ichirish imkonini beradi va ularning behuda sarf bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Kataklarda saqlaganda tovuqlarni oziqlantirish vaqtida ozuqa yo‘qotilishi keskin kamayadi. Parrandaning o‘z go‘ngi bilan kontakti bo‘lmasligi sababli yuqumli kasalliklarning oldi olinadi. To‘yimliligi meoyorlar bo‘yicha muvozanatlashtirilgan ozuqalardan foydalanmasdan, tovuqlarning yuqori mahsuldorligiga va iqtisodiy samaradorlikka erishib bo‘lmaydi. Tovuqlar ratsionida donli ozuqalar (makkajo‘xori, bug‘doy, oqjo‘xori, arpa, suli), soya, paxta va kungaboqar shroti, omuxta em, o‘simlik yog‘lari va boshqalar energiyaning asosiy manbai hisoblanadi. Tovuqlarning yuqori mahsuldorligiga qatoiy muvozanatlashtirilgan ozuqa em orqali erishish mumkin. -Tuxumning vazni ozuqaning tarkibi va ozuqa berish oralig‘iga bog‘liq bo‘lib, ozuqalarni etarli miqdorda berish tuxum hajmining oshishiga ta’minlaydi, - deydi Ro‘ziboy aka. Tovuqlarga ozuqalarni yoshiga qarab belgilangan tartibda grafik-jadval asosida aniq ko‘rsatilgan me’yorlarda berish maqsadga muvofiq. Tovuqlarni har kuni nazoratdan o‘tkazib turish talab qilinadi. Bunda tovuqxona harorati, yorug‘ligi, parrandalarning harakatchanligi, ozuqa va suv iste’moli, go‘ngining holatiga alohida e’tibor qaratiladi. Parrandalardan yuqori mahsulot olishda nafaqat yuqori sifatli va to‘yimli muvozanatlashtirilgan ozuqalar kerak bo‘ladi, balki toza ichimlik suvi ham katta ahamiyatga ega. Ichimlik suvi tarkibida tuzlar miqdori me’yordan ortiq bo‘lsa, bu tuxum qobig‘i sifatining pasayishiga olib keladi. Jamiyatda bir bosh tovuqdan bir yilda 300 ta tuxum olinadi. 50 bosh tovuqdan olinadigan yillik tuxum - 14600 donani tashkil etadi. 1 dona tuxumning narxi 700 so‘m bo‘lganda yalpi yillik daromad 10 220 000 so‘mni tashkil qiladi. 50 bosh tovuq sotib olish xarajati - 1 250 000 so‘m, yillik omuxta em narxi- 5 931 000 so‘m bo‘lsa, jami xarajatlar - 7 181 000 so‘m. Yillik sof foyda - 3 039 000 so‘mni tashkil etadi. Demak, tuxum va tovuq go‘shti etishtirishga ixtisoslashgan yangi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi, ishlab turgan korxonalar quvvati kengaytirilishi va modernizatsiya qilinishi bilan tarmoqda mahsuldorlik yanada oshadi, tannarx arzonlashadi. Natijada ichki isteomoldan ortgan mahsulotni eksport qilish imkoniyati yaratiladi.
Sarvar NIYOZOV, Xonqa tuman DSI boshlig‘i.