Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Zamon va makon shukronasi
27.09.2014

Zamon va makon shukronasi

Falsafada zamon va makon tushunchalari bor. Ushbu kategoriyalarni  zamon jihatdan mustaqillik davrimizga va makon jihatidan jonajon yurtimizga qo‘llab, tahlil qilsak, dunyo-dunyo bo‘lib, yurt-yurt bo‘lib bugungichalik tinchlik, to‘qlik, to‘kin-sochinlik, bunyodkorlik, rivojlanish, obodlik, bir so‘z bilan aytganda, farovonlik bo‘lgan emas.
Muhtaram Prezidentimizning 2012 yil oktyabr oyidagi tashriflaridan so‘ng Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid bir qancha qarorlar qabul qilindi va bir yarim-ikki yilda olamshumul ishlar amalga oshirildi.
Bugun Urganchdagi Shovot kanali obod va so‘limligi, yorug‘ va bahavoligi, go‘zal va orasta, tinch va musaffoligi bilan tillarga tushdi. Shahrimizdagi “Yoshlar ko‘li” tufayli Urganch o‘z dengiziga ega bo‘lganday bo‘ldi. Ko‘lda viqor bilan turgan 2 ta katta kema-restoranlar haqiqatan ham dengiz ko‘rfazini eslatadi. O‘rtadagi 2 ta orolga qurilgan har xil sarguzasht tog‘lari, ertaklar oroli esa unga sirli latofat baxsh etadi.
Bu hali hammasi emas. Shahrimizning eng durdona marjoni - Al Xorazmiy ko‘chasidir. 4-5 qavatli, chiroyli, baland, viqorli binolarning birinchi qavatlari aholiga xizmat ko‘rsatuvchi turli xil xizmatlar va do‘konlar shoxobchalaridan iborat. Keta-ketguncha gulzor va yashil gazonlar. Kechalari har xil rangli chiroqlar og‘ushida xorij mamlakatlaridagi ko‘chalarga o‘xshab ketadi.

 
Yaratgan egamga shukronalar bo‘lsinki, bu mustaqilligimizning ne’mati, istiqlol sharofati, bu — O‘zbekistonning Urganchidir.
          Ammo, bu ham hali hammasi emas. Shaharning temir yo‘l vokzali tomonida “Yoshlik” massivi bor. Sobiq idora tuzilmalari, qurilganiga 80-100 yil bo‘lgan qadimiy inshootlar, antisanitariya sharoitida bo‘lgan uylar o‘rnida zamonaviy uslubda qurilgan 26 ta ko‘p qavatli turar joylar, katta sport maneji, bolalar bog‘chasi, turizm kolleji, ko‘plab 2 qavatli kottejlar va boshqa kommunal ob’ektlar bunyod etildi. Inshoolloh, 2015 yilga belgilangan “Umid nihollari” sport musobaqalarining katta qismi mana shu “Yoshlik” sport majmuasida o‘tkaziladi.
Sanayversang barmoq etmas, aytaversang ado bo‘lmas, degan gap bugun aynan Xorazmda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari haqidadir. Hali aeroport va temir yo‘l vokzallarining qayta qurilishi, markaziy bozor va uning atrofini kengaytirib, obod go‘shaga aylantirilishi, hali Qirg‘iz yop (kanal)ning obod qilinishi, e-he, buning barchasini aytib ado qilolmaymiz. Yaxshisi, ushbu satrlarni o‘qigan insonlarning o‘zlari shahrimizga kelib ko‘rsinlar, quvonchimizga sherik bo‘lsinlar.
Biz, siyosiy xodimlar vaqtni, o‘tgan yillarni saylovdan-saylovgacha bo‘lgan davr bilan o‘lchashga odatlanganmiz. 1994 yildagi birinchi chaqiriq saylovlardan beri o‘tgan 20 yil davomida Xorazmda “Avesto” kitobining 2700 yillik, Xivaning 2500, Ma’mun Akademiyasining 1000, Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yillik yubileylari, “Umid nihollari – 2003” sport o‘yinlari festivali o‘tkazildi. “Avesto”, Jaloliddin Manguberdi, Al-Xorazmiy bog‘-majmualari bunyod etildi. Darvoqe, Urganchda mustaqillikdan oldin atigi 2 ta istirohat bog‘i   mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bugun ularning soni 17 taga etdi.
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi asosan ziyolilar partiyasi bo‘lgani uchun, bizni ko‘proq ma’rifat, ilm-fan, ta’lim va ma’naviyat masalalari qiziqtiradi, albatta.
Aytish lozimki, mustaqillikdan oldin Xorazmda 1 ta pedagogika instituti, 3 ta texnikum va bir qancha kasb-hunar bilim yurtlari bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda viloyatda 3 ta oliygoh, Ma’mun Akadomiyasi, 96 ta kollej na litseylar, katta axborot-resurs markaelari xalqqa bilim, nur-ziyo tarqatmoqda.

 
Mustaqillik yillarida Xorazm viloyatida yuqorida keltirib o‘tilganlardan tashqari quyidagi olamshumul — katta qurilishlar amalga oshirildi:
- Amudaryo ustiga Pitnak shahrida uzunligi 700 metr bo‘lgan temir yo‘l va avtomobil ko‘prigi, Urganchda avtomobil ko‘prigi tarixan qisqa vaqtda qurildi.
         - viloyat hududida uzunligi 170 km. bo‘lgan Urganch-Buxoro yo‘lining bir qismi hisoblangan To‘rtko‘l-Sarimoy uchastkasida dunyo andozalari darajasida asfalt-beton yo‘l qurildi.
- Hazorasp tumanining Pitnak shahrida “Damas” va “Orlando” engil avtomashinalari ishlab chiqariladigan yangi zavod ishga tushirildi.
- Urganchda eng zamonaviy ekskovatorlar ishlab chiqaruvchi zavod foydalanishga  topshirildi.
- Xivada sovutgichlar va boshqa elektr asboblari zavodi ishlay boshladi.
- Hazorasp, Bog‘ot, Xonqa, Urganch, Gurlan, Shovot va Xiva tumanlarida tekstil sanoati korxonalari qurildi.
- Tadbirkorlikka keng yo‘l ochilib, mulkdorlar sinfi shakllandi, xususiy mulk davlat muhofazasiga olinishi natijasida ishlab chiqarish jadal rivojlanish yo‘liga o‘tdi.
Shu erda o‘rinli bir savol tug‘iladi. Xo‘sh, nega avvallari Amudaryoga ko‘prik quradigan bir valene’mat topilmadi? Mayli, xorazmshohlar davrida buning texnik imkoniyati bo‘lmagandir, ammo na “oq podshoh” (Chor Rossiyasi) davrida, na qudratli sovetlar davrida bu ish amalga oshmaganiga nima deysiz? Chunki. ularni xalqning g‘ami va tashvishlari qiziqtirmasdi. Ular faqat hududdan ko‘proq xomashyo boylik tashib ketish g‘amida edilar.
Mana, bugun ikki sohil aholisining ming yillik orzulari ro‘yobga chiqdi. Bordi-keldi yaqinlashdi, engillashdi. Avvallari daryoda paromni 2 soatlab kutishga majbur bo‘linar, qosh qorayib qolsa, kim qaysi sohilda bo‘lsa, shu yoqda ertalabgacha yotib qolishga majbur edi. Yuk ayriboshlash juda og‘ir ahvolda edi.

 
Ta’bir joiz bo‘lsa, yana bir savol. Sobiq tuzum davrida bunday qurilishlarni bizning yurtda amalga oshirishning imkoni bormidi?
Amaliyotda imkoni yo‘q edi. Chunki, markazdagilar uchun bu uzoq, chekka bir viloyatning kichik bir muammosi bo‘lib ko‘rinar va ular buni umuman tushunmas va hatto tushunishni istamas edilar.
Prezidentimiz, hurmatli Islom Karimovning O‘zbekiston mustaqilligining 23 yillik bayrami munosabati bilan xalqimizga yo‘llagan tabrigida: “Biz kim edik-u, kim bo‘ldik?” degan olamshumul savoli bor. Ushbu savollarga yuqorida keltirilgan misollar etarli javob bo‘la oladimi? Fikrimcha, javob quyidagichadir.
Biz o‘zinig tilini, urf-odatlarini, muqddas dinini unuta boshlagan, dunyo xalqlari xotirasidan ucha boshlagan, o‘zining hech qanaqa haq-huquqiga ega bo‘lmagan, ma’naviyatini yo‘qota boshlagan, o‘z boyligiga o‘zi xo‘ja bo‘lmagan, o‘zligini unutayozgan,   tobe xalq edik.
Yaratganga behad shukurlar bo‘lsinkim, bugun biz, muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida o‘zining tiliga, muqaddas diniga, urf-odatlariga, o‘z mulkiga, haq-huquqlariga ega bo‘lgan, o‘zligini anglagan, dunyo xalqlari tomonidan tan olingan, o‘zining milliy ma’naviyatiga ega bo‘lgan, hech kimga qaram bo‘lmagan, jahon sahnalarida e’tirof etilgan, o‘z ovoziga, o‘rniga, obro‘yiga va mavqeiga ega bo‘lgan mustaqil xalq bo‘ldik. Agar mustaqil bo‘lmasak, shunaqa farovon, to‘q hayot bo‘larmidi?! Yo‘q, albatta. Istiqlolimizga shukur. Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma uch yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so‘zida shunday dedilar: “Moddiy nuqtai nazardan biz eng rivojlangan davlatlardan balki hali orqadadirmiz. Lekin, biz o‘z yo‘limizni tanladik va bu yo‘ldan qaytmasdan, qat’iy ishonch bilan ayta olamiz: moddiy nuqtai nazardan ham bu marra albatta bizniki bo‘ladi, ammo ma’naviy nuqtai nazardan qaraganda, eng engilmas kuch o‘zi nima? Yuksak ma’naviyatli xalq emasmi? O‘zingiz ayting, bunday xalqni engib bo‘ladimi?”
Umri bo‘yi shahar suv tarmoqlari idorasida chilangar bo‘lib ishlab, hozirgi vaqtda qarilik gashtini surayotgan, madaniyatli va ma’rifatli inson Omon og‘a Salaev yaqinda shunday deb qoldi:
— Muhabbatdan, muhabbat bo‘lur paydo,
Muhabbatsiz kishidan qoch Huvaydo, — degan ulug‘ mutafakkirimiz. Odamlarimizning ham Vatanga, yurtga, tinchlikka, yaratuvchilikka, farovonlikka, obodlikka muhabbatlari behad yuksak. Shuning uchun ham bunyodkorlik ishlari betinim davom etyapti.
Oddiy xalkdan chiqqan insonning bunday serma’no gapiga biron so‘z qo‘shib bo‘lmaydi.
Xudoga shukur, bobolarimiz, otalarimiz ko‘rmagan zamonni bizlar ko‘rdik. Ilohim, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Bahodir BOBOJONOV,
O‘zMTDP Xorazm viloyat Kengashi
ijroiya qo‘mitasi raisi,
iqtisod fanlari nomzodi
“Ishonch” 27 sentyabr 2014 yil №119 (3468)