Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



“ZAMONAVIY MAHALLA”
18.12.2013

Xorazm viloyatining Urganch shahrida 14-15 dekabr kunlari “Zamonaviy mahalla” faoliyatini tashkil etishga bag‘ishlangan o‘quv – amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar ishida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar va respublika banklari, Qoraqolpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlarining tegishli vakillari, respublikadagi 28 ta yirik shahar hokimlari, IIB boshliqlari, arxitektorlari, professional boshqaruv kompaniyalari, xususiy uy – joy mulkdorlari shirkatlari va mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etdilar.



Muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimov 2012 yil oktyabr oyida Xorazmga qilgan tashriflaridan keyin yurtboshimizning Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga qaratilgan 4 ta muhim qarori qabul qilindi. 
Ushbu qarorlar asosida Urganch shahridagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini, viloyatda sanoat, qishloq xo‘jaligi va sayyohlik sohalarini taraqqiy ettirishga yo‘naltirilgan umumiy qiymati 3 trillion so‘mga teng bo‘lgan ikki ming ikki yuzdan ortiq loyihalarni   amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. 
2013 yilning o‘zida birgina Urganch shahrida 344 milliard so‘mlik qurilish va obodonlashtirish ishlari bajarildi. Asosiy e’tibor aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilmoqda. Shu maqsadda ko‘p qavatli uy-joy fondini saqlash va ta’mirlashga tijorat banklarining imtiyozli kreditlarini ajratish tizimi joriy etilib, viloyat tijorat banklar tomonidan jami 1 mlrd. 57 mln. so‘m, shundan boshqaruv kompaniyalarga 689 mln.so‘m, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga 388 mln.so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.
Shu bilan birga Boshqaruv kompaniyalari 541,5 mln. so‘mlik 15 ta maxsus texnika vositalari  hamda 313 mln. so‘mlik  246 ta kichik mexanizm va asbob-uskunalar bilan ta’minlandi. 
Urganch shahrida sanitar holatni yanada yaxshilash va hududlarda yig‘ilayotgan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida chiqarish hamda “Urganch maxsus sanitar trans” ishlab chiqarish davlat korxonasi faoliyatini tubdan yaxshilash, moddiy texnika bazasini mustahkamlash va moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.
Urganch shahrida 10 ta mahallani namunaviy mahallaga aylantirish bo‘yicha ham qurilish va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. 


Xususan, 24-son “Toza bog‘” mahallasida Yurtboshimiz tomonidan e’lon qilingan “Hamma narsa inson uchun!” shiorini hayotga tadbiq qilishga, eng avvalo aholi uchun eng maqbul turmush sharoitlarini yaratib berishga qaratildi. Xonadonlarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi shirkatlar “Agrobank” viloyat boshqarmasiga biriktirilib, bank ishtirokida mazkur shirkatlarga xizmat ko‘rsatuvchi yangidan “Istiqbol kelajak servis” Professional Boshqaruv Kompaniyasi tashkil qilindi. Ushbu kompaniya tomonidan mahalla hududida keng ko‘lamli bunyodkorlik va qurilish ishlari amalga oshirildi. 
Ish mahalla hududining har bir kvadrat metrining funktsional vazifalari aniqlashdan boshlandi. Boshqacha aytganda mahallaning infrastrukturasini tashkil etadigan har bir ob’ektning o‘rni, hajmi, maydoni va joylashish tartibi qat’iy belgilab qo‘yildi. Masalan, mahalladagi xizmat ko‘rsatish shaxobchalaridan tortib, yashil hudud, bolalar maydonchalarining o‘rni, piyodalar yo‘lakchalari, kommunikatsiya tarmoqlarining joylashishi aniqlandi. Uy – joy mulkdorlari shirkatlarining ishini tubdan yaxshilash maqsadida ularning faoliyatiga banklar mas’ul qilib belgilandi va shirkatlarga 1,3 milliard so‘m miqdoridagi imtiyozli kreditlar ajratildi. Natijada aholiga  servis xizmati ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan barcha vositalar sotib olindi. Mahallada istiqomat qiluvchi 1348 xonadonni elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida uch kilometrga yaqin sovuq va issiq suv quvurlari tortildi, eskilar rekonstruktsiya qilindi. Yangidan 5 ta transformator o‘rnatildi. Mahalladagi maishiy chiqindilarni vaqtida chiqarib tashlash, ularni turlarga ajratib saralash, utilizatsiya qilish maqsadida chiqindixonalar “Urganchmaxsussanitartrans”korxonasi ixtiyoriga berildi.    


Mahalla hududidagi noqonuniy qurilgan 243 ta garaj, 400 dan ortiq o‘ramalar olib tashlanib, o‘rnida 3 ta futbol, bolalar maydonchasi, yapon tosh bog‘lari  yaratildi.  2 ta badminton maydonchasining qurilishi bilan ayniqsa, yosh bolalar va keksalar uchun birday foydali bo‘lgan yangi sport turi ommalashdi. Bu sport turi bilan shug‘ullanganlar ko‘z mushaklarining faoliyati yaxshilanganligini, o‘zlarini bardam va tetik sezayotganlarini qayd etmoqdalar.
Bularning bari o‘z navbatida aholining fikri, kayfiyatini o‘zgartirib, faol fuqarolik pozitsiyani shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Bugun mahalladagi chehrasidan nur yog‘ilayotgan kishilar  “Assalomu alaykum! Xush ko‘rdik! “Xushvaqt bo‘ling” demoqdalar quvonch bilan bir - birlariga. Mahalla tom ma’noda inson qadri baland bo‘lgan milliy qadriyatlar maskaniga aylandi.
“Zamonaviy mahalla” faoliyatini tashkil etishga bag‘ishlangan o‘quv – amaliy seminarni ochib berar ekan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.Zokirov, Xorazm viloyat hokimi P.Bobojonov Prezident I.A.Karimovning 2012 yil 6 dekabrdagi “Urganch shahrining bosh rejasini amalga oshirish, obodonlashtirish va Xorazm viloyati aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash to‘g‘risida”gi Qarori asosida Urganch shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga yana bir bor to‘xtaldilar. 
Respublika Davlat raqobat qo‘mitasi raisi A.Abduhakimov, Toshkent shahar hokimining maslahatchisi X.Mahkamov, Moliya vazirining o‘rinborasi M.Abdullaev, IIV vaziri muovini R. Mamatovlar “Zamonaviy mahalla”ni tashkil etishda Urganch shahar tajribasi, uy – joy mulkdorlari shirkatlari, professional boshqaruv servis kompaniyalari, kommunal xizmat tashkilotlari bilan o‘zaro munosabatlar  tizimi, xavfsizlikni ta’minlash, faollar ishini tashkil etilishi, mavzelarning tashqi qiyofasini yaxshilash, bolalar o‘yingohlari, sport maydonchalari kabi ob’ektlarni joylashtirish tartibi bo‘yicha ishlab chiqilgan namunaviy mahalla bosh rejasi haqida batafsil to‘xtaldilar. 
Tadbir qatnashchilari, shuningdek, Urganch shahridagi 24 - “Toza bog‘” mahallasidagi obodonlashtirish, uy-joy fondlarini kuz – qish mavsumiga tayyorlash ishlari “Urganchmaxsussanitartrans”, “Istiqlol kelajak servis” professional boshqaruv kompaniyasi faoliyati bilan joyiga borib tanishdilar. 
Tadbirning ikkinchi kuni anjuman ishtirokchilari Urganch shahridagi “Yoshlar ko‘li”, “Urganch xalqaro aeroporti” va Al Xorazmiy ko‘chalarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash yuzasidan “Tuyamo‘yin – Urganch MSQB”ning Urganch shahridagi suv tozalash inshoati, Shovot kanali bo‘yida qurilgan maishiy, dam olish va sport ob’ektlari, “Urganch dehqon bozori”da amalga oshirilgan qayta qurish va rekonstruktsiya ishlarining borishini ko‘rdilar. 
Shuningdek, seminar qatnashchilari Xiva shahridagi tarixiy obidalar bilan tanishdilar.