Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Zamonaviy mahalla: qadriyatlar beshigi, tashabbuslar maskani, huquqbuzarliklardan holi hudud
20.10.2017

Xorazm viloyatining barcha shahar va tumanlarida "Mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga hamda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish mexanizmlari” mavzusidagi o‘quv seminarlar o‘tkazildi.

Ma’lumki, yurtimizda mahalla azaldan tarbiya o‘chog‘i hisoblanib, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan milliy qadriyatlarimiz,an’nalarimizni asrab-avaylash,ijtimoiy adolat tamoyillarini qaror toptirishda uning o‘rni va ahamiyati beqiyos.Mustaqillik yillarida mamlakatimizda mahalla institutining nufuzini oshirish borasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar natijasida mahalla noyob, dunyoda o‘xshashi bo‘lmagan tuzilmaga aylandi.

Mahallalarda ijtimoiy-siyosiy vaziyat, ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, huquqbuzarliklarni oldini olish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish bugungi kunda ham dolzarb masalalardan biri bo‘lib ,mazkur yo‘nalishda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari va profilaktika inspektorlarining hamkorligi muhim o‘rin tutadi.

Mamlakatimiz Prezidentining 2017 yil 3 fevraldagi "Mahalla institutini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va joriy yil 14 martdagi "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ham mahallani xalqning chinakam maslakdoshi va ko‘makdoshiga aylantirish, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda, fuqarolarda qonunga hurmat hissini kuchaytirishda mahallalarning bevosita ishtirokini kengaytirish kabi masalalar ustuvor vazifalar qilib belgilandi.

Xorazm viloyatining shahar va tumanlarida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari rahbarlari,mahalla maslahatchilari,profilaktika inspektorlari, "Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan o‘quv seminarlarida tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar va galdagi dolzarb vazifalar xususida so‘z bordi.

-Bugungi kunda mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish,jinoyatchilikni oldini olish maqsadida 497 nafar mahalla raisi va 368 nafar profilaktika inspektorlari xamkorlikda ish olib borishmoqda,-deydi fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat kengashi raisining birinchi o‘rinbosari,”Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi rahbari Oltiboy Rajabov.-Joriy yilda ushbu maqsadda 12 ta o‘quv seminarlari, 2 mingdan ortiq davra suhbatlari va uchrashuvlar ,haftaning xar payshanba kuni "Profilaktika kuni” tadbirlari doirasida 12 mingdan ortiq targ‘ibot-tushuntirish ishlari va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan aktsiyalar o‘tkazildi.Aholi bilan yuzma-yuz muloqotlarda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va xuquqbuzarliklarning oldini olish, diniy ekstremizm va noqoquniy mehnat migratsiyasiga qarshi kurash, erta nikohning, oilaviy ajrimlarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.Oila va turmush munosabatlarida huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarga 947 nafar murabbiylar biriktirdik. Bevosita mahalla faollari olib borgan tushuntirish ishlari natijasida 2168 ta oilada turmush munosabatlaridagi notinchliklarlarga barham berildi,yarashtirish komissiyalari tomonidan 324ta oilaviy ajrimlarning oldi olindi.

Mahallalarda ijtimoiy ma’naviy muhitni yanada barqarorlashtirish, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida amalga oshirilgan ijobiy ishlar natijasida sodir etilgan jinoyatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13 foizga yoki 316 taga kamaydi. Ayniqsa, oxirgi ikki oyda jinoyat sodir etish holatlari qariyb 4 barobar kamaygani e’tiborga loyiq. Eng muhimi, viloyatda 198 ta mahallada mutlaqo jinoyat sodir etilmagan.

— 473 xonadondan iborat mahallamizda so‘nggi uch yarim yil ichida birorta ham huquqbuzarlik holati sodir etilmadi, — deydi Gurlan tumanidagi "Eshimjiron” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Qadamboy O‘rozmetov. — Bizningcha,uyma-uy yurib oilalar bilan tizimli ravishda ish olib borganimiz, jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi komissiyalar faoliyatiga alohida e’tibor qaratilgani, profilaktika inspektori bilan hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yganimiz sababli mana shunday natijaga erishdik.Bugungi o‘quv-seminar faoliyatimizda e’tibor qaratishimiz zarur bo‘lgan muhim masalalar, ish uslublarimiz bo‘yicha o‘zaro fikr, tajriba almashishga imkon berdi. Bunday tadbirlar shiddat bilan rivojlanayotgan zamon talablariga hamnafas bo‘lib yashash va ishlash,davlatimiz rahbari tomonidan o‘zini o‘zi boshqarish organlari oldiga qo‘yilgan ulkan vazifalar ko‘lami hamda mas’uliyatini yanada teranroq anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Prezidentimiz shu yilning 14 oktyabr kuni Xalq deputatlari Xorazm viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasidagi ma’ruzasida "Profilaktika inspektorlari bundan buyon ichki ishlar organlarining mahalladagi vakili emas, balki mahallaning ichki ishlar organlaridagi vakili sifatida o‘z ishini tashkil etishi va har oyda fuqarolar bilan uchrashib, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berib borishi kerak”,deb ta’kidlagan edilar. Profilaktika inspektorlari o‘z faoliyatlarini ana shu tamoyildan kelib chiqqan holda,yangicha uslubda tashkil etmoqdalar.

—O‘quv seminarda biz fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, mahallada barqarorlikni ta’minlash omillari, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish kabi o‘nlab masalalarga aniq javoblar oldik, — deydi Bog‘ot tumanidagi "Ustalar” va "Gulzor” mahallalariga biriktirilgan profilaktika katta inspektori,mayor Umrbek Jumaniyozov.—Profilaktika inspektorlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan mohiyati va ahamiyatiga ko‘ra dolzarb ma’ruzalar qizg‘in savol-javob va bahs-munozaralarga ulandi. Ma’ruzalarda profilaktika inspektori keng bilim va tafakkurga, uslubiy va amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lishi, har qanday masalaga hozirjavoblik bilan qarab, har bir vaziyatda oqilona yo‘l tuta bilishi uchun atroflicha tushuncha hamda tavsiyalar berildi.

Viloyatda "Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi vakillarining ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda turli salbiy holatlar, jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlari yaxshi samara bermoqda.Ular tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 6089 ta turli hildagi huquqbuzarliklar o‘z vaqtida aniqlanib bartaraf qilingan. "Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi a’zolarining tungi navbatchilik paytida va posbonlarning bevosita xizmat jarayonlari davomida bergan xabarlari yordamida 460 ta jinoyatlar ochilgan.

Tizimda namunali va samarali faoliyat yuritib kelayotgan "Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbarlaridan 61 nafari manfaatdor tashkilotlar tomonidan rag‘batlantirildi, 20 nafariga ichki ishlar organlariga ishga kirish uchun yo‘llanmalar berildi.

"Mahalla posboni" jamoat tuzilmasi rahbari o‘ziga biriktirilgan hududda xavfsizlik va jamoat tartibini saqlash, fuqarolar ogohligini oshirish, tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining quyi tizimlari bilan hamkorlikda ish olib borishi mahalla hududida barqarorlikni ta’minlashning muhim kafolati ekanligi alohida ta’kidlandi.

Zamonaviy shakl va uslublardan, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda tashkil qilingan o‘quv seminar mashg‘ulotlarida ishtirokchilarga o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan takliflar berish shuningdek, o‘z faoliyatlaridagi ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashish imkoniyati yaratildi. Qizg‘in muloqotlarda orttirilgan bilim va ko‘nikmalar ularga kelgusida o‘z ish faoliyatlarini samarali tashkil etishda asqotishi shubhasiz.

Odilbek Odamboev,

"Xalq so‘zi” muxbiri