Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR - ISHLAB CHIQARISHGA
13.08.2015

Yangibozor tumanida o‘tgan yili o‘z faoliyatini boshlagan “INTER TEXTILE MILLS” mas’uliyati cheklangan jamiyatida trikotaj, polotno matolari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, 40 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Germaniyadan keltirib o‘rnatilgan 10 ta to‘qimachilik dastgoxlarini qishloq yoshlari maxorat bilan boshqarmoqdalar.
Jamoada O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlab “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim - O‘zbekistonim!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan madaniy - ma’naviy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ularda ilm-fan namoyandalari, ijodkorlar, san’atkorlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok qilmoqdalar. Istiqlol yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ulkan yaratuvchiliklar, bunyodkorliklar va kelgusidagi istiqbolli rejalar asosida faxr-iftixor bilan so‘zlamoqdalar. San’atkorlar tomonidan ijro etilayotgan qo‘shiqlar va shodon kuylarga korxona yoshlari ham hamohang bo‘lmoqdalar.

“Xorazm haqiqati” 2015 yil 12 avgust №64 (19202)