Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



ZAMONAVIYLIK, MILLIYLIK – UYG‘UN
11.12.2013

Urganch shahrida yangidan qad rostlagan binolarga, ko‘p qavatli uylarning peshtoqlariga Xorazm zangori kulolchiligining koshinkorlik san’ati namunalaridan qo‘yilishini eshitgan kunimiz qalbim quvonchdan hayajonlandi.


Chunki otamiz - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Kamoladdin Behzod nomidagi Davlat mukofotining sovrindori Rahimberdi Matjonovning orzusi ham yangidan qurilayotgan binolarda xorazmlik koshinkor ustalarning ijod namunalaridan foydalanilsa yanada maqbul bo‘lar edi, deya orzu qilar edi.
Mana, mustaqilligimiz sharofati bilan o‘zbek ustalarining orzulari amalga oshdi. Masalan, Xorazm viloyati misolida oladigan bo‘lsak o‘tgan yili Urganch temir yo‘l vokzali binolarining qurilishida ham koshinkorlik namunalaridan foydalanildi. Shuningdek, Al-Xorazmiy, A.Bahodirxon ko‘chalari bo‘ylab yursangiz muhtasham ko‘p qavatli binolarning peshtoqlaridagi koshinlar xam           beixtiyor e’tiboringizni tortadi. Viloyatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorliklarda kulollar, hunarmandlarning ham munosib hissasi borligidan yanada xursandmiz. Bu ezgu ishlarda aka-ukalarim Matjon va Oybek Matjonov,  jiyanlarim Sarvar, Og‘abek Rahimovlar ham o‘z mahoratlarini namoyon etishmoqda.


Shuningdek, yangiariqlik, xivalik, urganchlik kulol  ustalar ham ijodiy izlanishdalar. Koshinkorlik, naq- qoshlik ishlarini yuksak darajada bajarishda O‘zbekiston xalq ustasi Davlatnazar Muhammadievning tavsiyalaridan ham o‘z o‘rnida foydalanishga harakat qilmoqdamiz. Ayni paytda P.Mahmud,  O‘zbekiston  ko‘chalari va Urganch Markaziy dehqon bozori hududida qurilayotgan savdo shoxobchalarining binolariga ham xalq ijodiyotining go‘zal durdonalari bilan sayqal berishga harakat qilmoqdamiz.

Odilbek MATJONOV,
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi, Xonqa tumani, Madir qishlog‘i.