Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



ZO‘ROVONLIK VA SHAVQATSIZLIK MA’NAVIYATIMIZGA YOT
07.11.2015

Xalqimiz azaldan ibo – hayoni, mushfiqlik va odobni e’zozlab kelgan. Sharq kishisi deganda, albatta, eng avvalo ko‘z oldingizga mo‘min qobil kishi keladi. Ammo, globallashuv, shidditkor zamon, turli axborot ayirboshlash imkoniyatlarining oshgani o‘zining ijobiy natijalari bilan birga bizning ma’naviyatimiz va hayot tarzimizga yot bo‘lgan g‘oyalarning hayotimizga suqulib kirishiga ham zamin yaratayotganligi afsuslanarli holdir. Jumladan , chet ellarda ishlab yurgan yoki safar bilan borgan ba’zi yurtdoshlarimiz behayolik, zo‘rovonlik va shafqatsizlini targ‘ib qiluvchi fotosuratlar, film va lavhalarni olib kirishga urinayotgani nihoyatda achinarlidir.
Ammo ichki ishlar idoralari tizimli ravishda behayolikni  targ‘ib qiluvchi mahsulotlarni tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi xududiga olib kirish, tarqatish, reklama qilish va namoyish etilishini oldini olishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazib kelmoqdalar.
Masalan, 2015 yil 1 sentyabr kuni soat 03-40 da Xorazm viloyati IIB, viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan 965-sonli “Moskva-Urganch” reysi bilan samolyotda uchib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani Ibn Sino ko‘chasi 3-uy 15 xonadonda yashovchi B.T. bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, xorijda ishlab chiqarilgan 1 dona “htc” rusumli uyali telefon apparatining xotirasida 1 dona pornografik mazmundagi fotosuratni Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekiston Respublikasiga olib kelayotganligi aniqlangan. Yoki 2015 yil 3 sentyabr kuni huquq tartibot xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda 965-sonli “Moskva-Urganch” reysi bilan samolyotda uchib kelgan Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani Xayrobod qishlog‘ida yashovchi J.Y. bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, xorijda ishlab chiqarilgan 1 dona “SAMSUNG” rusumli uyali telefon apparatining 16 GB lik fleshkartasida 150 dona pornografik mazmundagi fotosuratlar va 15 dona pornografik mazmundagi video lavxalarni Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekiston Respublikasiga olib kelayotganligi aniqlandi.
    Xuddi shunday, Yangibozor tumani Uyg‘ur qishlog‘ida yashovchi M. O, Qo‘shko‘pir tumani Xayrobod qishlog‘ida yashovchi I. Q., Xazorasp tumani Muxomon qishlog‘ida yashovchi B.B larning ham xalqimiz sha’ni va obro‘siga to‘g‘ri kelmaydigan fotosurat va lavhalarni viloyatimizga olib kirishga bo‘lgan urinishlarining oldi olingan.
    
    

Material Xorazm viloyat IIB Hukukbuzarliklarning oldini olish boshqarmasi inspektori kapitan  Kamoladdin Palvanov ma’lumotlar asosida tayyorlandi.
Xorazm viloyati hokimligining Axborot xizmati