Bugun xalq deputatlari Qoʼshkoʼpir tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʼlib oʼtdi.
Sessiyada tashkiliy masala koʼrildi. Xorazm viloyati hokimi Joʼrabek Raximov Qoʼshkoʼpir tumani hokimi lavozimiga ilgari iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi " Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUK direktori oʼrinbosari vazifasida ishlab kelgan Egamov Boburbek Davlatnazarovich nomzodini tavsiya etdi. Muzokarada soʼzga chiqqanlar nomzodni yakdillik bilan qoʼllab- quvvatladilar. Ovoz berish natijalariga koʼra Egamov Boburbek Davlatnazarovich Qoʼshkoʼpir tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Sessiyada viloyat hokimi Joʼrabek Raximov soʼzga chiqib tumanni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʼnalishlari, bu borada ishlab chiqilgan "Yoʼl xaritasi"da belgilangan chora- tadbirlarni amalga oshirish boʼyicha galdagi vazifalar xususida toʼxtaldi.Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
Бош саҳифага қайтиш
Veb-sayt faoliyatini baholang
| « Февраль 2026 » | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|
| Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
| 1 | ||||||
| 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 |
| 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 |
| 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 |
| 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | |



